Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » Статьи » tarix

Yaponiya tarixi
Yaponiya tarixi

1. Qadimgi Yaponiya
2. Yaponiyaning geografik joylashuvi
3. Tokyo-mamlakat poylaxti
4. Yapon yozuvi
5. Yaponiya transport vositalarining tarixi
6. Zamonaviy Yaponiya
  Yaponiyaning birinchi aholisi Osiyo qit’asidan kelgan imigrantlar edi. Ammo ular qachon va qanday qilib bu yerga kelib qolganlari noma’lum. Hozirgi kunda Yaponiyada ikkita irq mavjud. Ulardan biri Shimoli-Sharqiy Osiyoliklardek Mongoloid yuz tuzilishiga ega zamonaviy Yaponlar va ikkinchisi asta-sekin yo’qolib ketayotgan Ainu irqidir. 
  Arxeologlar miloddan avvalgi 8000 yilgi bir necha madaniyat izlarini topishgan. Birinchisi Yaman madaniyati bo’lib, o’zidan so’ng go’zal sopol idishlarni qoldirib ketgan. Yaman odamlari yong’oq va molyuskalar bilan oziqlanib, qoyalarda yashaganlar. Miloddan avvalgi 350-yilda Xitoy imigrantlari o’zlari bilan sopol buyumlar tayyorlashning sir-asrorlari va bronza, temir va toshdan tayyorlangan buyumlarni olib kelishgan. 
  Yaponiya imperiyasiga miloddan avvalgi 660-yilda Jimmu Tenno tomonidan asos solingan. Afsonalarga ko’ra u Yaponiyani yaratgan Xudolarning avlodi edi. Milodiy V arsda Yamatodagi obro’li sulola (hozirgi Kyoto atrofida) Jimmudan o’zini imperial oila deb e’lon qilishini talab qiladi. Bu fikrga rozilik faqatgina VI arda Yaponiyaning ajoyib boshqaruvchilaridan biri bo’lgan Shotoku Taishi tomonidan rozilik bildiriladi. IX asrdan buyon Yaponiyada bir necha 1000 yillar davom etib kelayotgan imperator boshqaruvi yo’lga qo’yilgan. Yaponiyada feodal tuzumi juda uzoq davom etgan. X arsdan XVI asrgacha mamlakatning taqdiri noaniq va chet davlatlar bilan bo’lgan to’xtovsiz urushlardan xalqning sillasi qurigan edi. So’ng esa 2,5 asr tinchlik harbiy boshqaruvchilar tomonidan saqlandi. Ular tinchlikka mamlakatni tashqi dunyodan uzib qo’yish orqali erishdilar. 


Faqatgina 1854-yildagina Yaponiya chet elliklar uchun qayta ochildi va bu uning tarixini boshlab berdi. 
  Bundan 1350 yil avval Yaponiyani Shotoku ismli shahzoda boshqargan va u Yaponiyaga Xitoy yozuvi, madaniyati, kiyinish an’anasi va hatto dinini olib kelgan. 1192-yilda Yoritomo Minamoto Yaponiya boshqaruvchisi bo’ldi. U so’gun edi va shundan so’ng 700 yil, ya’ni 1867-yilgacha mamlakatni so’gunlar boshqarishdi.
  Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin 50 yil davomida portugallar yaponlar bilan savdo-sotiq qilishdi, ispanlar Yaponiyada 1592-yilda, ulardan keyin gollandiyaliklar va inglizlar paydo bo’lishdi. Xristian dini Yaponiyaga 1594-yilda Jesuit va Muqaddas Fransis Xavyer ismli yevropalik missionerlar tomonidan olib kelingan va ular bu dinni yaponlar orasida zo’r berib targ’ib qila boshlashgan. 
  Gap shundaki, missionerlar va iyezuitlar din niqobi ostida yapon xalqini asoratga solishni, Yaponiyaning mustaqilligiga chek qo’yib, uni bosib olishni ko’pdan beri rejalashtirib qo’yishgan edi. O’sha davda ko’pchilik yaponlar xristian dinini qabul qilishgan. 
  Xideyosi birinchilardan bo’lib, xristian missionerlari va ularning targ’iboti natijasida bu mazhabni qabul qilgan yaponlar siyosiy jihatdan Yaponiyaga katta xavf tug’dirishini tushunib yetdi. Bu bejiz emas edi, albatta. Chunkli yevropaliklar har bir xalqni asoratga solish uchun avvambor ular orasiga missionerlarni yuborishar, shu yo’l bilan mahalliy aholini xristian diniga targ’ib qilib o’tkazishar, keyinchalik yuborilgan askarlar xristian mazhabiga yangi o’tgan aholi yordamida hukumatni ag’darib, ana shu mamlakatni bosib olishar edi. Biroq, harbiylar tomonidan bu dinga otganlar qattiq nazorat ostiga olingan va missionerlar mamlakatdan haydab chiqarilgan.Shuning uchun XIX arsgacha xristian dini Yaponiyada deyarli yo’qolib ketgan. Shunfga qaramay, bir qancha odamlar o’z ihtiyorlari bilan sirli ravishda bu dinga sig’inishda davom etishga. Ular Kakure-Krishitan yoki yashirinib yuruvchi xristianlar deb yuritilar edi. 
  Feodal erasi
  Biroq, Tokugava Ieyasuning syogunlik davrida uning xorijliklarga nisbatan munosbati do’stina bo’lib, u tashqi savdoni rivojlantirishga katta hamiyat berayotgan edi. Tokugava Ieyasu kuchli harbiy boshqaruvchi edi. U 1603-yili so'gun bo’lgan. Uning barcha harakatlari o’g’li Hidetadani taxt vorisi qilishga qaratilgan edi. Tokugava oilasi mamlakatni boshqarish yo’llarini puxta o’ylab chiqqan edi. XVI ars oxiri-XVIII ars boshlarida Yaponiya tipik toifalarga ajratilgan Sharq mamlakatlaridan iborat bo’lib, har bir viloyat ma’lum bir feodal-daymelar nazoratida bo’lgan, ularning qo’lida dvoryan-samuraylar xizmat qilishgan. Mamalakat tepasida rasman imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor-syogun qo’lida bo’lgan. Ana shu davrdagi muhim siyosiy voqealardan biri bu butun Yaponiya orollarining yagona markazlashgan davlatga birlashishidan iborat bo’lgan. 
  Mamlakatda Tokugava syogunligi boshlarida o’tkazilgan islohotga ko’ra toifalar orasidagi farqlar qat’iy qilib chegaralangan: o’sha paytdagi dayme-feodallar yoki katta yer egalari 200 atrofida bo’lib, ularning hatto o’z askarlari ham bo’lgan. Daymelar so’gunga uzluksiz soliqlar to’lashar edi. Bu esa bir mamlakatning o’zida viloyatlararo bir qancha janglar bo’lishiga imkon bergan. Ulardan keyingi pog’ona dvaryan-samuraylar, so’ng dehqonlar, ulardan quyiroq pog’onani hunarmandlar va nihoyat, so’nggi pillapoyani savdogarlar egallashgan.  
  Mamlakatni birlashtirishda uch mashxur tarixiy shaxsning xizmati beqiyos. Bular: Nobinaga-katta yer egasi, Xideyosi-dehqon va Ieyasu-zodagon, saroy xizmatchisi. Aslida ular birgalikda jangovar armiya tuzib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobidan qutqarib qolishga mjuvaffaq bo’lishdi. Tokugava Ieyasu-yuqoridagi uch qahramonlardan biri, mamlakatni birlashtirish evaziga juda katta boylikka ega bo’ldi. Yaponiyaning deyarli yettidan bir qismi uning tasarrufiga kirdi. O'zig’ qarashli mavzeda u Edo shahrini barpo qildi. Yaponiya tarixida bu syogunlik Tokugava syogunligi nomi bilan mashxur.  
  Yaponiya tarixida muhim bir davr boshlandi, yaponlar tashqi dunyodan o’zlarini butunlay to’sib qo’ydilar. Bu siyosat Yaponiya davlati tomonidan izchil ravishda olib borildi. 
1623-yildan boshlab inglizlar Yaponiyaga kelishni butunlay to’xtatdilar. 1624-yilda Yaponiya mustaqilli uchun eng xavfli sanalgan ispanlar
mamlakatdan haydab chiqarildi.Mamlakatda chiqarilgan qarorga
ko’ra, horijda savdo qilishga faqatgina xristian diniga mansub bo’lmagan shaxslar haqli edilar. Nihoyat,1636-yildan boshlab Yaponiya xorijliklar uchun butunlay yopildi. Portugallar esa haydab chiqarildi. Barcha yaponlarning qaysi dinga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, xorijga chiqarish taqiqlandi.Xorijdagi biror-bir yapon ham Yaponiyaga kela olmas edi, aks holda uni o’lim jazosi kutmoqda edi. Mamlakatda bir necha gollandlar qolgan bo’lib, ularga bandargoh (port)lardan uzoq ketmaslik va mamlakat viloyatlariga bormaslik tayinlangan edi, ular 1641-yili kichik Nagasaki orolining qirg’og’iga ko’chirtirilib, yaponlar qo’liga tushgan asirlar holatida saqlanar edilar. 
  1640-yili Portugaliya kemasi Yaponiya qirg’og’iga yaqinlashdi. Undagi elchilar qaytadan savdo-sotiqni tiklash taklifini kiritishdi. Bunga javoban ko’pchilik elchilar va kema a’zolarini Yaponlar o’ldirdilar va bir qismini yurtlariga haydab yubordilar. Omon qolganlar bo’lgan voqeani vatandoshlariga hikoya qilib berishlari kerak edi.
  Shunday qilib, Yaponiya 200 yildan ko’proq vaqt davomida tashqi dunyodan ajralgan holda hayot kechirdi. Hatto o’z qo’shnilari bo’lgan Xitoy va Korea bilan ham butunlay aloqani uzdi. 
  Xristian dini taqiqlangach, Yaponiyada buddizm, uning yaponlar uchun an’anaviy bo’lgan mazhabi-sintoizm keng quloch yozdi. Buddaviylik dini Xitoydan Yaponiyaga milodiy 552-yilda kirib kelgan va 594-yili buddaviylik 
Yaponiyada davlat dini deb e'lon qilingan. Yaponiyada buddaviylik dini bir qancha mazhablarga ajralgan, ulardan eng muhimlari Jodo (Pok diyor) va Shinshu (Haqiqiy mazhab). Naradagi Todaiji cherkovida milodiy 749-yilda qurib bitkazilgan, juda katta taxta binoda saqlanuvchi, bo'yi 16 metrlik bronzadan yasalgan Budda haykali saqlanadi. 
 XIX asrning boshlariga kelib mamlakatda tanazzul boshlandi, bu feodalizm bilan bog’liq bo’lgan tanazzul bo’lib, xalq mamlakatda yangi o’zgarishlarni kutmoqda edi. Shu sababli ular ko’proq o’z orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishni imperator bilan bog’lamoqda edilar. Sintoizm mazhabining 
rivoji ham o’z navbatida aholining ko’pchiligini imperator-Quyoshning 
avlodidan bo’lgan shahanshoh shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga undamoqda edi. Sinto-yapon mahalliy dini. Avval bu dinga nom berilmagan edi, ammo keyinchalik bu din buddaviylikdan ajralib turishi uchun alohida nom berilgan. "Sinto" so'zi Xitoy tilidan tarjima qilinganda "Xudolar yo’li” degan ma’noni anglatadi. Bu dinda qilich va ko’zgu muqaddas hisoblanadi. Sinto diniga sig’inuvchilar boshqa oddiy odamlardek hayot kechirib, hatto turmush qurishlari ham mumkin. Bu din vakillari shu bilan birga, buddaviylik dini vakillari ham hisoblanadi. Torji sinto cherkovining bo’yi 16 metrga teng bo’lgan kirish darvozasi hisoblanadi. U to’q qizil rangga 
bo’yalgan. Sintoviylik ibodatxonalari doimo tabiatning eng manzarali joylariga joylashtiriladi. Sintoizm mazhabining rivoji yaponlar milliy his-tuyg’ularining oshishiga olib keldi.

  47 Ronin hikoyasi
  Yaponiyaning eng mashhur qaxramonlaridan biri bir kishigina emas, balki butun bir 47 kishilik Roning hisoblanadi. Asano Naganori ismli dayme Edo shahridagi boshqaruv siyosatiga qarshi bo’ladi va saroy binosi ichiga o’z qilichi rasmini chizib qo’yadi. Bu ish esa o’lim bilan jazolanar edi. U baribir jazolanishini bilib, o’zini joniga qasd qiladi. So’ng uning 47 samurai ("ronin” boshqaruvchisini yo’qotgan samuraylar ma’sini anglatadi) rahbarini o’limiga sabab bo’lgan davlar amaldorini o’ldirishga qasam ichishadi va ular bir bayram kechasida to’satdan bostirib kirib, rahbarini joniga qasd qilishga majbur qilgan amaldorni boshini tanasidan judoqilishadi. Uning boshini Asono Naganorining qabriga qo’yib, o’zing ham jonlariga qasd qilishadi. Ularning o’limidan so’ng xalq ular o’z rahbariga sadoqatli samuraylar deb hurmat bilan eslab yurishadi.
  Nihoyat, XIX asr o’rtalarida AQSh Yaponiyani "ochishga” urindi, chunki u bundan juda ham manfaatdor edi, gap shundaki, AQSh o’z hududini Kaliforniyagacha kengaytirdi va San-Fransisko uning muhim bandargohiga aylandi. AQSh Xitoy bilan savdo-sotiq qilishga juda manfaatdor bo’lib, uning bug’ bilan ishlayotgan kemalari uchun Xitoyga Tinch okean orqali borish juda mushkul edi. Shu sababli AQSh Yapon portlari orqali Xitoyga borishni rejalashtirgan edi. 
  1853-yil Yaponiyaga AQSh eskadrasi prezident maktubi bilan yetib keldi, yaponlar bug’ bilan harakatlanuvchi parohodni birinchi ko’rishlari edi. Oradan bir yil o’tgach syogun ikki portni amerikaliklar uchun ochishga rozilik berdi. Tezda bundan xabar topgan inglizlar, gollandlar va ruslar ham Yaponiya qirg’oqlariga yetib kelib, birin-ketin Yaponiya syoguni bilan portlarning ochilishi to’g’risida bitim imzoladilar. Shunday qilib, oradan 213 yil o’tgach, Yaponiya dunyo uchun qaytadan o’z "eshiklarini ochdi”. 
  Ammo horijliklar oldida syogun o’zini huddi imperatordek tutar edi. Xalq orasida esa syogunning ilgargidek obro’si qolmagandi. Chunki yaponlar syogunning xorijliklar bilan tuzgan bitimlarini yomon qarshi oldilar, ba’zi bir chet elliklar yaponlar tomonidan o’ldirildi, natijada Yaponiyaga qarshi hujum boshlandi. Yaponiyaning ichki va tashqi ahvoli nihoyatda murakkablashdi. Aholining tazyiqi va noroziligi tufayli 1867-yilda syogun o’z lavozimidan voz kechdi. Tokugava syogunligiga emas, balki qariyb 700 yil hukmronlik qilgan Yaponiyadagi harbiy-siyosiy rejimga chek qo’yildi. Yaponiya tarixida butunlay yangi davr boshlandi. Endi Yaponiya imperatori o’ziga xos va sharafli lavozimning to’laqonli egasiga aylandi.
  Tokugava syogunligining ba’zi muhim tarixiy sanalari: 
1600-Yaponiyaga ilk bora Britaniyaliklarning kirib kelishi;
1603-Tokugava syogunligining o’rnatilishi;
1615-Osaka saroyida Toyotomi oilasining yo’q qilinishi;
1617-Xristianlar ta’qibi;
1624-Ispaniyaliklarning Yaponiyadan quvg’in qilinishi;
1639-Xitoyliklarga Nagasakidan tashqari biror shaharga o’tish man etildi;
1700-savdogarlar obro’si va hukmronligi kuchayishi;
1703-47 Ronin voqeasi;
1783-86-kuchli ocharchilik va epidemiyalar tarqalishi;
1808-Nagasakiga Yaponiya bilan aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida Britaniya flotining kelishi;
1830-Tokugava siyosati bekor qilinishi;
1837-AQShning Yaponiyaga ajratgan beg’araz yordami;
1863-AQSh bilan do’stlik o’rnatilishi.
  Meijining qayta qurish siyosati 
  1866-yili Tokugava oilasining hukmronligi Satsuma va Choshudan kelgan boshqaruvchi-samuraylar tomonidan ag’darildi. Samuraylar "Meiji qayta qurishi” deb nom olgan revolyutsiya ko’tardilar. Bu revolyutsiyaga bo’lajak imperator ismi qo’yilgan. Yapon tilidan tarjima qilinganda Meiji-nurli, yorituvchi, ochiq boshqaruv tizimi ma’nosini anglatadi. Meiji qayta qurish siyosatining maqsadi va shiori "Kuchli armiyaga ega bo’lgan, gullab-yashnovchi millat yaratish” edi va ular shu maqsadlariga erishdilar.
 Mamlakatda turmushning barcha sohalarida buyuk o’zgarishlar sodir bo’ldi, hammo yo’q zamonaviylashtirildi.1872-yili G’arb andozasida qurollangan, kuchli armiya tuzildi. 1876-yildan boshlab samuraylarga qurol ushlash man etildi va dayme lavozimi o’z kuchini 
yo’qotdi. XIX asr oxirida Yaponiya urushda qatnashib,Xitoy va Rossiyani mag’lub qilishga tayyor ekanligini his qildi.1902-yili Yaponiya Rossiya bilan jangga kirishishidan avval Britaniya bilan birlashib oldi. 1905-yili Yaponiya-Rossiya urushi bo’lib o’tdi va bu urushda Rossiya floti 2 kunda yengildi.
  1889-yili Ito ismli shahzoda yangi Yponiya yangi konstitutsiyasini tuzadi. Yangi Konstitusiyagi muvofiq, parlament ikki palatadan iborat bo’lib, quyi palata a’zolari saylanar, yuqori palata a’zolari esa tayinlanar edi. Yaponi ta’lim tizimida ham katta o’zgarishlar ro’y berdi: huquqshunoslik, ijtimoiy, aniq, tabiiy fanlar jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Yaponiya ichidan iqtidorli talabalar tanlab olinib, Yevropa va AQShning nufuzli universitetlariga o’qishga yuborildi, ular o’z Vatanlariga yetuk mutahassislar bo’lib qaytar edilar va Yaponiyaning ravnaqi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solar edilar. Yaponiyada rivojlangan G’arb davlatlari kabi zamonaviy parlament faoliyat ko’rsata boshladi va imperator bilan bir qatorda mamlakatning butun dunyoda nufuzi ortib bordi.  
  Shunday qilib, Yaponiyaning o’z eshiklarini xorijliklar uchun qayta ochishi taraqqiyotning "yaponcha modeli”ni vujudga keltirdi. 
   
  Meiji boshqaruvi davri bilan bog’liq bo’lgan ba’zi muhim voqealar
1867-Imperator Meiji taxtga o’tirdi;
1868-poytaxt Edoga ko’chirilib, Tokyo deb atala boshladi;
1869-Feodal boshqaruvi tugatilib,Yaponiyani rivojlantirish va zamonaviylashtirish boshlandi;
1874-Yaponiyada Birinchi assambleya uyushtirildi;
1889-Ito shahzodaning yangi konstitutsiyasi;
1845-Sino-Yaponiya urushida Yaponiya g’alaba qozonishi;
1902-Angliya-Yaponiya hamkorligining yo’lga qo’yilishi;
1910-Koreya va Yaponiyaning birlashishi;
1912-Imperator Meijining vafoti.
  1912-1925-yillar Yaponiya tarixida Taisho davri nomini olgan. 1912-yili Meijining vaforidan so’ng Tashoga taxtni egallashga yo’l ochiladi;
1914-Yaponiya Britaniya, Fransiya va Rossiya bilan birinchi Jahon urushida qatnashadi;
1918-guruch narhlarining oshib ketganligi sababli xalq qo’zg’olon ko’taradi;
1919-Yaponiya Versal shartnomasiga qo’l qo’yadi;
1920-Yaponiya Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo’ladi;
1921-imperator Taishining o’g’li Hiroto regent lavozimini egallaydi;
1926- imperator Taishi vafot etadi va 26 yoshlik Hiroto taxtga o’tiradi.
Hiroto hukmronlik qilgan 1926-1974-yillar Shova davri deb yuritiladi. Fransiya urushda Gitlerga taslim bo’lgandan so’ng Yaponiya Fransiyani Osiyodagi mustamlakalarini tortib oladi va Germaniya va Italiya bilan hamkorlik qila boshlaydi. 1941-yil Yaponiya Malaya, Gong Kong, Singapur, Burmaga qaqshatkich zarba berib, bu shaharlarni o’z hududiga qo’shib oladi. Uning omadi 1942-yilgi Amerika bu hududlarni qayta tortib olguncha davom etdi. 
  1947-yilgi Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi urushga qarshi chiqdi. Imperator esa bu konstitutsiyaga binoan shunchaki davlat va millatning ramziga aylandi. Aslida esa u davlatning siyosiy va iqtisodiy masalalarini hal etishda ishtirok etmas edi.
   
  Shova davrining ba’zi ahamiyatli jihatlari:

1931-Yaponiya Manjuriyani bosib oldi;
1933-Yaponiya Manjuriyani bosib olganligi Birlashgan millatlar tashkilotining noroziligini keltirib chiqardi va Yaponiya tashkilotdan haydaldi;
1936-hukumat a’zolari harbiylar tomonidan o’ldirildi va harbiylar boshqaruvni qo’lga olishdi;
 1941-Yponiya AQSh, Britaniya va Niderlandiyaga qarshi urush ochdi;
1945-Amerika Yaponiyani bosib oldi;
1947-Yangi Konstitutsiyaga binoan ilk bora ayol kishilar saylovda ovoz berish huquqiga ega bo’ldilari;
1945-6-avgust Hirosimaga, SO’ng 9-avgustda Nagasakiga atom bo’mbasi tashlandi;
1951-San-Fransisko bilan Yaponiya orasida tinchlik shartnomasi tuzildi;
1952-Amerikani Yaponiyada hukmronligi tugatildi;
1956-Yaponiya yana Birlashgan millatlar tashkilotiga kiritildi va sobiq SSSR bilan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’ydi;
1964-Tokiyoda ilk bora Olimpiada o’yinlari o’tkazildi;
1972-Yaponiyaning Xitoy bilan aloqalari tiklandi. Sapporoda qishki Olimpiada o’yinlari o’tkazildi.
  
  Yaponiyaning geografik joylashuvi

  Yaponiya juda go’zal davlat. U Osiyoning shundoqqina sharqiy qismidan tashqarida joylashgan. Yaponiyaliklar ertalab quyosh chiqishini birinchi bo’lib kutib olishadi. Shuning uchun ham u "kunchiqar mamlakat” deb ataladi. Uning maydoni 399,389 km2. Mamlakatning ko’p maydoni tog’lar bilan qoplanga. Yaponiyadagi eng baland tog’, balandligi 3,776 metrga teng bo’lgan Fuji tog’idir. Bu yerda vulqonlar va zilzilalar ko’p sodir bo’lib turadi va hali 30 dan ortiq so’nmagan vulqonlar mavjud. Yaponiya iqlimi ham juda o’zgaruvchan. Shimoldan-Sharqqa tomon 3000km masofada joylashgan orollar turli taraflardan esuvchi shamollardan himoyalanmagan. Kuchli qorlar ham yog’ib turadi. Iyun oyida har kuni yomg’ir yog’adi,ammo yilning boshqa paytlarida yaponlar charaqlab nur sochib turuvchi quyoshdan bahra olishadi.
  Yaponiyada orollar ko’p, aniqrog’i 3000 ta kichik va 4 ta katta orollar bor. Hokaido, Honshu, Shikoku va Kyushu eng katta orollardir. 
  Hokaido orolining maydoni 83,511 km2 ga teng. Bu orolning iqlimi salqin, havosi yoqimli. Qishda qor ko’p yog’adi. U yerda bir qancha kichik fermalar bor. Yaponiyada tog’lar ko’p bo’lganligi sababli tuprog’i ekin ekishga unchalik yaroqli emas. 
  Maydoni 42,030 km2 ga teng bo’lgan Kyushu orolining eng katta shahari-Nagasakidir. Bu yaponiyaning kemasozlik bo’yicha muhim shaharidir va mamalakatda mavjud bo’lgan kemalarning ko’pchiligi aynan Nagasakida qurilgan. Shikoku orolining maydoni 18,782 km2 ga teng.
  Honshu orolining maydoni 230,822 km2 ga teng. Bu orolda mamlakatning eng katta va gavjum shahari-Tokyo joylashgan. Tokyo avvallari poytaxt emas, balki XII asrda tashkil topgan kichik baliqchilik qishlog’i edi. Avval poytaxt 710-yili Nara, so’ng esa Kyoto shaharlari bo’lgan. Keyinchalik hukumat asta-sekin Edoga ko’chib o’tgan. 1868-yili Edo Yaponiya poytaxti deb e’lon qilinib, Tokyo deb nomlangan. "Tokyo” so’zi yapon tilidan tarjima qilinganda, "sharqiy poytaxt” ma’nosini anglatadi. Tokyoning ko’p qismi 1923-yilgi Kanto zilzilasida vayron bo’lgan. Bu falokat ertalab soat 1100da barcha o’z ish joylarida va maktablarda bo’lgan paytda sodir bo’lgan va u tufayli 110000 nafar odam halok bo’lgan. Ammo hozirda Tokyo juda go’zal va rivojlangan shahar. Balandligi 332 metrli, Efil minorasidan 33 metrga balandroq bo’lgan Tokyo minorasi poytaxtning Shiba istirohat bog’ida joylashgan. Tokyominorasi Yaponiyaning urushdan so’ng tiklanganligi ramzi hisoblanadi.

  Yapon yozuvi

  Yaponlar bundan bir necha asr oldin Xitoy yozuviga to’liq o’tishgan. Bu yozuvda insonlar o’z fikrini ramziy belgilar orqali emas, balki ideograflar, ya’ni rasmlar orqali ifodalashadi. Ba’zi ideograflar o’zlari anglatib kelayotgan obyektga o’xshash ko’rinishga ega. Ba’zilari esa uncha aniq emas va shuning uchun ham Yaponlar 1000 yillardan buyon o’z yozuvining ba’zi qismlarini o’zgartirib va mukammallashtirib kelmoqdalar. Bu yozuv Xitoydan kirib kelgan bo’lganligiga qaramay, Yaponlar o’z yozuvi o’zlariga qulay ko’rinishga keltirayotganlari sababli, u Xitoy yozuvidan ancha farqli bo’lib qolgan va bu ikki millat hozirda bir-birini yozuvini tushuna olishmaydi. Bir-birini yozuvini tushunish niyatida Yaponlar 48 ta harfdan iborat bo’lgan, Yaponiya va Xitoy uchun umumiy bo’lgan yana 2 ta alfavit tuzishgan. Shunday ekan, maktablarda alifbo darslarida bolalar 2000 harfdan iborat bo’lgan o’z alfavitidan tashqari yana 2 ta 48 herflik alfavitni ham o’rganishadi. Ideografiya tepadan pastga, so’ng esa o’ngdan chapga tomo yoziladi. Ular qora Hind siyohi va guruchdan mahsus usullar bilan tayorlangan qog’ozda yozishadi. Bunday vositalar bilan yozilgan xat hech qachon o’chib ketmaydi. 
  Yaponlar o’z yozuviga moslashgan klaviatura o’ylab topishgan bo’lsa-da, alfavitida harflar ko’p bo’lganligi uchun bunday klaviaturada yozish ko’p vaqtni oladi. Shu sababli yozishmalar va tadbirkorlik maktublarini qo’lda rozishga yo’l qo’yilgan. Klaviatura esa o’ta rasmiy maktublar yozilgan holda ishlatiladi. Juda mahoratli kolegrafiya yozuvchisi tomonidan yozilgan qo’lyozma esa klaviaturanikidan hech qolishmaydi. 
  Shunday murakkab yozuvga ega yaponlar juda kitob sevar xalq. U Yerda yiliga minglab kitoblar nashr etiladi va ularning kitoblari dunyoda AQSh ning kitoblaridan so’ng ikkinchi o’rinda turadi.
   
  Transport vositalari

  Yaponiyada birinchi temir yo’li 1872-yili tashkil qilinga va uning birinchi safari Tokyodan Yokohomaga bo’lgan. Yaponiyada arzon va qulay transport vositalari mavjud. Eng yirik yapon tramvay kompaniyasi JNRdir. U o’zining tezkorligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ya 150 ta kichikroq hususiy temir yo’llar ham mavjud. Tokyo, Osaka, Nagoya, Koba, Sapporo va Yokohomada metrolar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Taksi xizmatlari ham arzon va yaxshi yo’lga qo’yilgan. 
  Yaponlar o’z taransport vositalaeini mukammallashtirishga harakat qilib, tinmay izlanishdalar. U yerda soatiga 210 km tezlik bilan harakatlanuvchi te-yurar tramvay mavjud. Bu tramvayning ilk safari 1964-yilgi Olimpiada o’yinlarida bo’lgan. O’shanda sportchilar bu tramvayda aeroportdan shahargacha bo’lgan 13 kilometrlik masofani 15 minutda bosib o’tishgan. 
  JAL Yaponiyaning xalqaro havo yo’l kompaniyasidir. Unga 1953-yilda asos solingan. Bu kompaniya 36Boing 747, 47DC-8, YS-11 samolyotlari orqali parvozini amalga oshiradi.
  Yaponiya hozirda buyuk o’zgarishlar davlatidir. Ularda go’zal, milliy urf-odatlar necha-necha asrlardan buyon saqlanib kelmoqda. Hozirgi kunda shunchalik bir-biridan uzoq tuyuluvchi Sharq va G’arb an’ana, urf-odat va turmush tarzini yaponlar uyg’unlashtirib kelmoqdalar. 
   
  Yapon oilasi
   
  Yapon bolalari o’zota-onalarini juda hurmat qilishadi va G’arb oilalaridan farqli o’laroq oila a’zolari alohida, har kim o’z-o’zi bilan ovora bo’lib emas, balki farzandning tugilishidan, to butun hayoti davomida oila uning uchun eng yaqin va muqaddas narsa hiboblanadi. Chaqaloq onasining orqasiga bog’langan belbog’da onasi bilan hamma joyda birga bo’ladi. Besh kishilik kichik oila orasi qattiq qog’oz bilan to’silgan 3 xonalik uyda yashashadi. Bir uyda bobo, buvi, ota-ona va farzandlar birgalikda yashaydilar. Odatda uylar XV asrdan buyon yog’ochdan tayorlanadi. Uylar odatda yozda quriladi. Yapon uylarining devori tashqi tomondan yog’ochdan qilinadi, tomlari kafel bilan qoplanib, ichkari tomondan esa devorlar qalin qog’ozdan qilinadi. Odatiy yapon xonadoning polida "tatami” deb ataluvchi somondan tayorlangan, qalinligi 8 sm ga teng gilamcha ko’ramiz. Tatamining o’lchami 8:9 metr nisbatida bo’ladi. Xonaning o’lchami esa shu xonaga solingan tatamilar soniga qarab, 6 gilamli xona, 4 gilamli xona, 1 gilamli xona va h.k. deb yuritiladi. Xonaga kirish bilanoq oyoq kiyimlar yechilib, ostonaga qo’yiladi. Uxlash uchun "futon” deb ataluvchi yupqa mato solinadi. Deyarli har bir yapon xonadonida "tokonoma” deb ataluvchi mahsus burchak mavjud. Bu burchak gullar va biror-bir tabiat manzarasi aks etgan rasm bilan bezatiladi va u tabiatning naqadar go’zalligini bildiradi. 
  Qishloq joylarda yashovchilar ekin maydonlarida butun oila bo’lib birgalikda mehnat qilishadi.  
  Bunday yapon milliy usulida jihozlanga va qurilgan uylardan tashqa u yerda zamonaviy uylar bloklari ham mavjud. 
  Yaponlarda birinchi familiya. So’ng esa ism aytiladi. Ko’pchilik qizlar ismining oxiriga "farzand”, "qiz” ma’nosini anglatuvchi "ko” qo’shimchasi qo’shiladi: Honako-gul qiz, Yuriko-nilufar qiz. Familiyalar esa insonning ajdodlari yashagan joy nominianglatadi: Matsushita-archa daraxtlari ekilgan joy, Tonaka-guruch dalasi.
  Oilada ota ishlab, pul topadi, ona odatda ishlamasdan uy yumushlari bilan band bo’ladi, farzandlar esa o’qiydi.  
   
  Oddiy yapon oilasining bir kuni:

6.30-oila bekasi nomushta tayorlaydi;
7.30-barcha oila a’zolari nonushta qilishadi;
8.30-Farzandlar maktabda, oila boshlig’i ota esa ishda;
10.00-oila bekasi ovqat pishirish uchun masallig’lar sotib oladi;
12.30-bolalar maktabda, ota oshxonada, ona va buvi esa uyda tushlik qilishadi;
2.00-bolalar yana darsga qaytishadi, otaning ishda ayni ish qizigan payt, ona esa uy yumushlari bilan band;
4.30-bolalarning darslari tugaydi;
6.45-hamma uyga keladi;
7.30-barcha oila a’zolari dasturxon atrofida;
11.00-uyqu vaqti.
  Xaridlar 
   
  Yapon magazinida "noren” deb ataluvchi tabiiy paxta matodan magazin nomi yozilgan parda kirish eshigida ilingan bo’ladi. Yaponiyada ovqatga ko’p pul ketadi, ayniqsa, pishloq, non, yog’ va guruchga ko’p pul ketadi. Har bir yapon ovqatining asosiy qo’shimchasi bo’lgan guruch faqatgina mahsus do’konlardagina sotiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari mahalliy bozorlarda sotib olinadi. Ular bir haftalik ovqat uchun masallig’larni sotib olishdan ko’ra har kugi ovqatga masallig’lar sotib olish uchun uchun alohida bozorga chiqishadi. Yaponiyaning markazlashgan joylaroda katta-katta supermarketlar mavjud. Chet ellardan tashrif buyurgan odamlar supermarketning kirish eshiklari va zinapoyalari oldida haridorlarni mehmondo’st tabassum va ta’zim ila kutib oluvchi sotuvchilarni ko’rib juda ajablanishadi. Sotib olingan mahsulotlarni xaridorlar "furoshiki” deb ataluvchi to’rtburchak shakldagi shoyi yoki paxta matosidan tayorlangan sumkalarga solishadi. 
   
  Ta’lim tizimi
  
  Yapon bolasi quyidagi tizim bo’yicha ta’lim oladi:
1) 3-6 yosh bog’cha;
2) 6-12 yosh boshlang’ich maktab;
3) 12-15 yosh boshlang’ich o’rta maktab, undan so’ng esa o’z hohishiga ko’ra yoki 15-20 yosh biror kasb-hunar kollejida, yoki 15-18-yuqori o’rta ta’lim olishi mumkin;
5)18-20 yosh o’smirlar kolleji yoki 1821-yosh universitet;
6) 21 yoshdan aspiranturada o’z o’qishini davom ettirishlari mumkin.
  1870-yilda hozirgi paytda amal qilib kelayotgan universitetdagi ta’lim berish to’g’risida Ta’lim Vazirligi tomonidan qonun chiqqan. Hozirda Yapon talabalari o’quv muassasalarida G’arbga qarshi ruhda tarbiyalanishadi. Ko’pchilik qizlarning yuqori ta’lim muassasalarida o’z o’qishini davom ettirishiga ko’pchilik ota-onalar qarshi. Shung uchun qizlar yuqori o’rta ta’lim olganlaridan so’ng universitetda o’qimasdan, shunchaki ekebana tayorlash sir-asrorlarini o’rgatuvchi maktablarga borishadi. 
  Yuqori ta’limdagi oxirgi yil "imtixon balosi” deb ataladi. Universitetga kirib olgan talabalar "endi bemalol, muammolarsiz yashayman” deb o’ylashsa xato qilishadi. Chunki universitetni bitirgach, ishga joylashish uchun ular yana o’zlari ishlamoqchi bo’lgan korxonaga imtixon topshirishadi. Ishga joylashib olgandan so’ng esa bu ishni yo’qotib qo’ymaslik uchun ular yana tinmay mehnatda, izlanishda va raqobatda bo’lishadi.
   
  Dam olish vaqti
  
  Yapon ishchilari haftasiga 6 kun ishlaydi. Faqatgina sotuvchilargina 7 kun, ya’ni hech qanday dam olish kunisiz ishlaydilar. Oddiy ishchilar ana shu birgina dam olish kunini qanday qilib mazmunli o’tkazishni bilishadi. Ular dam olish kunini musiqa eshitish, sumo o’yinlariga borish bilan yoki zamonaviy bar va tungi klublarda o’tkazishadi. Yoshlar uchun eng sevimli uchrashuv joyi-kafe barlaridir. Unday joylarda kofening narxi baland bo’lsa-da, hizmat ko’rsatish yuqori darajada. Kafega odam kirishi bilanoq yozda muzdak suv va qo’l artish uchun sochiq beriladi. "Kofe uyi” deb ataluvchi joylarda yoqimli klassik yoki jazz musiqasi yangrab turadi va u yerga odamlar gaplashish yoki kofe ichish uchun emas, balki yoqimli kuy-qo’shiqlardan bahramand bo’lish uchun tashrif buyurishadi. 
  Insonlar dam olish vaqtini o’tkazishini eng oddiy usuli bu shunchaki uyda o’tirib televizor ko’rishidir. Dam olishni bunday usulini hush ko’rivchilar uchun gazeta va jurnallardagi qiziqarli maqolalar ham yordamga keladi. 
   
  Sport
   
  Boshqa millatlar singari yaponlar dam olish kunlarini sport bilan shug’ullanish bilan ham o’tkazishadi. Sumo-Yaponiyadagi eng qadimgi sport turi. Bu sport turi 728-yili tashkil topgan va o’sha yili Yaponiyada birinchi turnir o’tkazilgan. 
  Yaponiyada yana G’arbona sport turlari ham rivojlangan. Masalan, beysbo’l, golf. Beysbol bu mamlakatga 1874-yili Amerikadan kirib kelgan. Golf esa 1903-yili Grenvich Naval kollejida o’qib kelgan Yaponiya fuqarosi tomonidan kirib kelgan. U birinchi golf klubini Kobada tashkil qilgan va bu sport turi juda mashhur bo’lib ketgan. Hozirda Yaponiyada 700 dan ortiq golf maktablari mavjud. 
  Dzudo ham qadimgi yapon sport turlaridan biri. Dzudo so’zi yapon tilidan tarjima qilinganda "ziyoli va hurmatli yo’l bilan” ma’nosini anglatadi. Ammo o’yinlarning oxiri "ziyoli yo’l bilan” tugamaydi. Bu sport turining o’zini mahsus baholash tizimi mavjud. Jangchining mahorati oshgani sari uning darajasi ortganini ko’rsatib turuvchi belbog’ning rangi o’zgaradi. Dzudo o’yinining baholash tizimiga binoan:1-daraja – oq belbog’; 2-daraja – sariq belbog’; 3-daraja – qizg’ish belbog’; 4-daraja – yashil belbog’; 5-daraja – havorang belbog’; 6-daraja – jigarrang belbog’ va eng yuqori darajani – qora bebog’ ko’rsatadi. 
   
  Yapon bayram,marosim va urf-odatlari
  
  Yaponlar bayramlarni do’stlar va qarindoshlar davrasida o’tkazishni hush ko’rishadi. Bayramlarda ular qarindoshlarinikiga, tog’larga, go’zal manzarali joylarga, yoki shohona xizmat ko’rsatishli mehmonxonalarga borishadi. Ruhoniylar esa ibodatxonalarga borishadi. Ikkinchi jahon urushuda Yaponiyaning yagona zarar tegilmagan shahri bu Kyotadir. Shuning uchun ham u yerda hozirgacha 2000 dan ortiq qadimgi ibodatxonalar saqlanib qolgan. 
  G’arbliklar uchun Krismas qanchalik qadrli bo’lsa, Yaponlar uchun ham Yangi yil bayrami shunchalik qadrli. Bu kun Yaponiyada barcha do’konlar, ibodatxonalar va maktablar berkiladigan yilning yagona kuni. Sintoiylik diniga ibodat qilubchilar Yangi yil kuni yarim kechada ibodatxonaga kelasi yil qut-barakali va omadli kelishini so’rash uchun borishadi. 
  Yana bir muhim marosim Bon festivalidir. Bu marosim Buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilar tomonidan nishonlanib, o’limga hurmat-ehtirom ko’rsatishdan iborat. Odamlar bu kuni ajdodlar ruhi uyiga qaytadi deb ishonishadi va ularni kutib olish uchun chiroqlar yoqiladi, ular uchun dasturxon tuzaladi. Marosim tugagach esa qayiqlarga shamlar o’rnatilib, daryoga qo’yib yuboriladi. Buning ma’nosi bobolar ruhini o’z dunyosiga qaytarish, ularning yo’lini esa shamlar yoritib turishidir. 
  Yaponlarning eng sevimli bayramlaridan yana biri – 5-may kuni nishonlanuvchi Bolalar kunidir. Bu bayram yapon tilida "Kodomo Hi” deb yuritiladi va unda oiladagi har bir o’g’il uchun qog’ozdan yasalgan va rangli bo’yoqlarga bo’yalgan baliqlar beriladi va bolalar ularni uchurib o’ynashadi. Baliq yapon xalqi uchun qat’iylik ramzi hisoblanadi. 
   
   
  Yaponiyada nishonlanuvchi bayramlar:  

1-yanvar-Yangi yil kuni;
15-yanva-"Katta odamlar” kuni;
11-fevral yaponlar millat bo’lib shakllangan kun;
21-mart-bahorgi tengkunlik;
29-aprel-imperatorning tug’ilgan kuni;
3-may-Konstitutsiya kuni;
5-may-O’g’il bolalar kuni;
24-sentabr-kuzgi tengkunlik;
10-oktabr-Sport-sog’lik kuni;
3-noyabr-madaniyat kuni;
23-noyabr-ishchilarning shukrona bildirish kuni.
   
  Hozirda Yaponiya saylanma ofitserlar tomonidan boshqariladi. Tokyodagi imperator saroyi – yapon imperatorining uyi hisoblanadi. Yapon boshqaruvchisi premyer-ministr deb ataladi. Yaponiya bayrog’ining o’rtasida qizil doira tasvirlangan. Bu bayroqni yaponlar Hi-no Maru deb atashadi. Hi-no Maru so’zining ma’nosi-"quyosh manbai”dir. Madhiyasi Kimigayo deb ataladi. Unga she’r va musiqa 1888-yili bastalangan.  
   

Категория: tarix | Добавил: admin (28.01.2011)
Просмотров: 9924 | Рейтинг: 2.6/7
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Ирино Мию Коба Хаяси Ё Ойзуми Рюноскэ Камики Тацуя Гасюин Акио Ютсука Акихиро Мива Дайдзиро Харада Александр Груздев Даниил Эльдаров Елена Чебатуркина Ирина Савина Эль Фаннинг Дакота Фаннинг Жан Дюжарден Кристин Милиоти Гарри Дж. Ленникс Джейми Фокс Реджина Кинг Букем Вудбайн Керри Вашингтон Кертис Армст Клифтон Пауэлл Анна Ардова Сергей Безруков Андрей Панин Владимир Ильин Дмитрий Астрахан Иван Ургант Уилл Смит Брайан Хау Джейден Смит Джеймс Карен Джордж Чунг Дэн Кастелланета Кевин Уэст Курт Фуллер Светлана Иванова Александр Лобанов Алехандра Г Владимир Меньшов Пит Постлетуэйт Эмма Томпсон Бети Эдни Бритта Смит Джерард МакСорли Джон Линч Дэниэл Дэй-Льюис Корин Редгрейв Лиам Нисон Рэйф Файнс Беатриче Макола Джонатан Сагалл Кэролайн Гудолл Эдриан Броуди Ваня Муес Даниэль Кальтаджироне Джессика Кейт Мейер Джулия Рейнер Джон Гилгуд Джон Стэндинг Джон Хёрт Шэрон Стоун Алан Кинг Винни Велла Джо Пеши Дон Риклз Кевин Поллак Джейсон Грей-Стенфорд Дженнифер Коннелли Адам Голдберг Джадд Хёрш Джош Лукас Ариель Домбаль Джулиан Гловер Джулиан Сэндс Боло Йенг Дональд Гибб Жан-Клод Ван Дамм Кен Сиу Сонни Чиба Дзиро Чиба Кэндзи Имаи Джин Симмонс Джон Айрленд Джон Гэвин Джон Долл Кирк Дуглас Джей Хед Адриан Ленокс Катрин Дайер Ким Диккенс Куинтон Аарон Кэти Бейтс Желько Иванек Брайан Тарантина Бруно Кёрби Джеймс Руссо Джерри Бекер Билл Мюррей Г.Д. Спрэдлин Патриция Аркетт Джеффри Джонс Джордж «Энимал» Стил Диего Луна Андреа Ди Стефано Джованни Флорид Франка Потенте Итан Сапли Клифф Кёртис Мигель Сандовал Рэй Лиотта Келли Райлли Джек Девенпорт Клэр Хиггинс Жан Рено Софи Оконедо Тони Кгороге Десмонд Дюбэ Колани Мали Кэра Сеймур Джонни Депп Джон Ортиз Билли Крудап Джейсон Кларк Марион Котийяр Стивен Лэнг Бранка Катич Брайс Форнье Артур Дюпон Жан д’Ормесон Жан-Марк Руло Ипполит Жирардо Катрин Фро Джон Лоуренс Кейт Бёртон Кейт Мара Клеманс Поэзи Колман Стингер Вячеслав Манучаров Данила Чванов Екатерина Федулова Иван Семенов Инга Стрелкова-Оболдина Майкл Уинкотт Тони Коллетт Энтони Хопкинс Джеймс Д’Арси Джессика Бил Дэнни Хьюстон Робин Райт Брент Дженнингс Брэд Питт Кен Медлок Кэррис Дорси Жерар Депардье Анна Михалкова Владимир Машков Данила Козловс Ирина Алферова Константин Хабенский Ксения Раппопорт Джон Гудман Адам Лубарски Бренда Ваккаро Джеймс Урбаняк Дженнифер Мадж Джереми Бобб Дирдри О’Коннелл Аллан Рич Барбара Эда-Янг Бифф МакГуайр Джек Кихоу Джон Медичи Джон Рэндольф Корнелия Шарп Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл Колм Фиор Стивен Тоболовски Дайан Венора Деби Мейзар James Pudderhall Джеральдин Джеймс Дуглас Ходж Илан Гудман Кэс Анвар Аарон Крэвен Айэйн Белчер Андреа Брукс Кэйси Дюбуа Кеннет Крэнэм Скотт Эдкинс Джая Уайсс Джонатон Шек Лайам Гэрриган Джои Кинг Лили Тейлор Рон Ливингстон Вера Фармига Кайла Дивер Майкл Мэдсен Kevin DeCristofano Wendy Ov Джанин Кэйн Джонни Чикко Кристи Карлсон Романо Анна Масальская Антон Арзамасцев Валерий Девятых Иван Жидков Игорь Скрипко Ашиш Видьятхи Брахманандам Каджал Кристина Ахеева Наталья Рудова сергей Александр Булатов Александр Воробьев Глафира Тарханова Екатерина Копанова Илья Оболонков Нассер вивек оберой Владо Мажанаов Джесси Стил РИТИК Рошан Джухи Чавла Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Алексей Чадов Валерий Золотухин Виктор Бычков Джейсон Флеминг Игорь Жижикин Барбара Ауэр Бен Шнетцер Джеффри Раш Карина Визе Джай Кортни Миранда Отто Аарон Экхарт Аден Янг Билл Найи Ивонн Страховски Кэйтлин Стэйси Майлз Теллер Кайл Чандлер Шейлин Вудли Ава Лондон Бри Ларсон Дайо Окенайи Дженнифер Джейсон Ли Анатолий Лобоцкий Владимир Зайцев Денис Никифоров Ксения Лаврова-Глинка Рана Юнг Бахадур Шахид Капур Закир Хуссэйн Санджай Мишра Саурабх Шукла Даршан Джаривала Илеана Алекс Арлио Дайан Чэмберс Джон Хёрд Джэйсон Симмонс Йен Зиринг Кассандра Сербе Давид Кросс Мэттью МакКонахи Филипп Юшан Крис Прэтт Джеймс Вудс Форест Уитакер Оливье Мартинес Тара Рид Кристиан Бэйл Келлан Латс Роберт Де Ниро Джон Бернтал Шон Пенн Андрей Смоляков Данила Козловский Филип Чань Джона Хилл Джеймс Франко Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Дон Чидл Джон Малкович
статистикастатистика