Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » Статьи » tarix

TOSHKENTDAGI ISLOM OBIDALARI TARIXI
TOSHKENTDAGI ISLOM OBIDALARI TARIXI

Xalqaro nufuzli tashkilot – ISESCO qarori bilan 2007 yil "Toshkent – islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu bejiz emas, albatta. Toshkent – qadimdan islom madaniyatining yirik markazlaridan biri bo’lib kelgan shahar. 
Toshkentning faxrlansa arziydigan tarixi, muborak qadamjolari, go`zal obidalari, betakror manzilgohlari, xususan ulug’ tarixiy siymolari borki, ular nafaqat mamlakatimiz va xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari uchun hurriyat-milliy uyg’onish, ma’naviy ibrat, ma’rifiy saboq maktabi, yangi zamon madaniyati va taraqqiyoti uchun dorilfunun xizmatini ham o’tagan. Bu bebaho merosni bilish, uning mohiyatiga yetish qanchalar ma’naviy naf yetkazishini loaqal zohiran tasavvur etib ko’rishning o’ziyoq kishini o’yga toldiradi.
O’zining 2000 yillik tarixida bemisli aqlu zakovati va nodir iste’dodi bois, umr yo’llarida nurli izlar qoldirgan allomalarni yetishtirgan, Mashriq uchun yangi madaniyat, ma’rifat, tijorat va aloqa markazlaridan biriga aylanib borgan ko’hna shahar (sobiq Shosh, Shoshkent, Choch, Chochiston, Banokat, Tarband, Binkent, Toshkand)ning ziddiyatli voqea, hodisalarga boy tarixini yaratish fursati keldi.
Toshkentdagi ayrim islom obidalarining tarixini o’rganib, ular haqida qisqacha ma`lumot berishga harakat qilamiz.


Shayx Xovandi Tahur maqbarasi
Bu maqbara XV asrning ikkinchi yarmida Xo’ja Ahror Valiy tomonidan qurilgan. Maqbaraning hozirgi ko`rinishi XIX asrda qayta tiklangan.1980 yillarda maqbara qaytadan ta’mirlangan1.
Majmuadagi qabriston Toshkentning eng qadimiy qabristonlaridan biri hisoblangan. U yerda pishiq g’ishtdan ishlangan qabrlar ko’p bo`lgan. Qabriston o’rtarog’ida Shayboniyxonning 1518 yilda vafot etgan xotini – Jamol xonim va qozoq xoni Rustam Baxodirxonning marmardan ishlangan qabrlari bo’lgan.
Darvozadan o’tilgandan so’ng uncha baland bo’lmagan devorli, g’isht yo’ldan yurilgan. Bu yo’lning g’arb tomonidan 300 yillik sarv daraxtlari bo’lgan. Afsonalarga qaraganda Iskandar Zulqarnayn yer osti podshiligidan chiqib, xuddi shu yerga hayot suvidan bir necha tomchi tomizgan. Natijada ushbu daraxtlar o’sib chiqqan ekan.
Ushbu daraxtlarga oid bir rivoyatni D.Evarniskiy Qodir Qaldirboy ismli bir qirg’izdan yozib olgan. Rivoyatga ko’ra, "Iskandar Zulqarnayn safar qilib, uzoq bir tog’li o’lkaga boradi. O’sha tog’larda "hayot bulog’i” oqar, kim bu suvdan ichsa, yer yuzida abadiy yashar ekan. Iskandar bu buloq suvidan 2 meshni to’ldirib oladi. Yo’lda u qattiq kasallikka mubtalo bo’ladi. Shu vaqtning o’zida uning qo’shinga yovvoyi qarg’alar to’dasi hujum qiladi va meshlarni teshib tashlaydi. Natijada suvning hammasi to’kilib ketadi. Boshqa hech qanday dori-darmon ta’sir etmagach, Iskandar Zulqarnayn shu yerda vafot etadi”.
Qabriston o’rtasida yana bir (uchinchi) darvoza ham bo’lib uning yonidan sharq tomonga yo’lak bo’lgan. Burilishdagi "chillaxona”da chilla o’tiruvchilar 40 kun chilla tutganlar.
Yo’lakning tugash qismida sharq tomonida Shayx Xovandi Tahurning 2 xonadan iborat maqbarasi mavjud. Birinchi xonada Shayx Xovandi Tahurning qabri joylashgan. Bu qabrning usti sho’rolar inqilobiga qadar qabrpo’shlar bilan yopib qo’yilar edi. Qabrning old tomonida sarv daraxti bo’lib, hozirda u qurib qolgan.
Ushbu daraxt yonida boshqa daaxtlar ham bo’lib, u haqda shunday og’zaki rivoyat bor: ”Bir kuni Zangibobo hazratlari Shayx Xovandi Tahur huzurlariga keladilar. To’satdan o’sha daraxtlardan birini Zangiboboning eshagi g’ajib qo’yadi. Buni ko’rgan Shayx Xovandii Tahur bo’lgan voqeani Zangiboboga aytganda, Zangibobo shunday deydi: ”Ushbu g’ajilgan daraxtdan boshqa hamma daraxtlar yo’q bo’lib ketadi. Faqat g’ajilganigina saqlanib qoladi”. Shayx Xovandi Tahur vafot etganlarida vasiyatlariga binoan shu yerga dafn qilinganlar. Bu rivoyatning nechog’lik to’g’ri -noto’g’riligi bizga qorong’u. Biroq hozir qabr tepasida bitta sarv daraxtining qolgani ma’lum.
Ikkkinchi xilxonada o’zlarini Shayx Xovandi Tahur avlodlaridan hisoblagan Yunusxo’ja va unig o’g’li Sultonxo’jalarning qabrlari mavjud bo’lib ikkala xonaning ustida ham gumbaz bor.
Ushbu ota-o’g’il hokimlarning tarixi quyidagicha: XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent hokim tomonidan boshqarilar edi. 1784 yilga kelib, Yunusxo’ja Toshkentni birlashtiradi. Keyinchalik u ko’pgina joylarni o’z tasarrufiga bo’ysundiradi. Jumladan, Angren vodiysini, Sayram shahrigacha bo’lgan yerlarni egallaydi. Shu tarzda u Markaziy Osiyoda katta hududiy davlatga asos sola boshlaydi. Bu davrda tashqi savdo aloqalari rivojlanadi. Ayniqsa Rossiya bilan savdo aloqalari yo’lga qo’yiladi.
Farg’ona vodiysida tashkil topgan Qo’qon xonligi Yunusxo’ja davrida Toshkentni bir necha bor egallab olishga harakat qilgan. 1824 yilda Yunusxo’janing o’g’li Sultonxo’ja davrida Toshkent Qo’qon xonligi tomonidan to’laligicha zabt etilgan.
Maqbara 1910–12 yilarda namanganlik Xojimat eshon mablag’i evaziga ta’mirlangan, gumbazi temir bilan qoplangan2.??


Yunusxon maqbarasi
Temuriylar davri yodgorliklarining Toshkentdagi eng noyob va qadimiy obodalaridan biri – Yunusxon maqbarasidir. Yunisxon 1485–87 yillarda Toshkent hokimi bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, u – Zahiruddin Muhammad Boburning onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi. Yunusxon 1434 yilda Ulug’bek tomonidan Xurosonga Shoxrux huzuriga yuborilgan. U yerda mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiydan ta’lim olgan. 1485 yilda Toshkent shahri va viloyati hokimligini boshqargan.
1487 yilda shol kasalligi bilan vafot etgan va Shayx Xovand Tahur qabristoniga dafn qilingan.
Hozirgi maqbara Yunusxonning kichik o’g’li Ahmadxon tomonidan qurilgan. Bir necha bor ta’mirdan chiqarilgan. So’nggi bor 1980 va 2000 yillarda ta’mirlangan.

Hazrati Imom ziyoratgohi – Qaffol Shoshiy maqbarasi 
Toshkentning eng ko’hna va muqaddas joylardan biri – Hastimom deyiladiki, bu tabarruk joy Qaffol Shoshiyga taalluqlidir. Toshkent va undan shimoldagi yurtlarda imom darajasiga, ayniqsa, Hazrati Imom diniy martabasiga yeta olgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy milodiy 904 yilda Shoshda tavallud topgan. Ul zot dastlabki ta’limni o’z yurtida olib, keyin musulmon dunyosi bo’ylab safar qilgan, eng mashhur olimlarga shogird tushib, ilm o’rgangan. Qur’oni karim, hadis va shariat ilmlari, arab tilshunosligi bo’yicha bilimdon bo’lgan. Vataniga qaytgach, asosan, ona shahri bo’lgan Toshkentda yashab, islom dinining targ’iboti bilan shug’illangan.
Arab tarixchisi va geografi Abu-l-Fido (1273-1334)ning yozishicha, Qaffol Shoshiy o’z zamonasining yetuk olimlaridan biri bo’lib, Turkiston mamlakatida unga teng keladigani bo’lmagan. Shuning uchun ham xalq uni Hazrati Imom –Hastimom deb ulug’lagan.Yana e’tiborli jihatlaridan biri shuki, Hazrati Imom hunarmandlar oilasida dunyoga kelgan bo’lib, uning o’zi ham qulfsozlikda shuhrat qozongan. ”Qaffol” – qulfsoz degani (arabcha "qufl” – bizning tilimizga o’tib, "qulf” shaklida talaffuz etiladi).
Qaffol Shoshiy milodiy 976 yilda Toshkentda vafot etgan. Ul zotning qabri atrofida Toshkent tarixiga daxldor bo’lgan mashhur zotlarning dahmalari mavjud.
Qaffol Shoshiy maqbarasi XVI asr me’morchiligining mahobatli yodgorliklaridan biridir.
Dastlab XVI asrning 30 yillarida ikkita maqbara qurilgan. Kattasi Toshkentning Shayboniylar sulolasidan bo’lgan xoni Suyunchxo’jaxon maqbarasi deb taxmin qilinadi. XVI asrning 50 yilarida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorligi tarkibiga qo’shilgan. O’sha davrda Hazrati Imom qabri ustida maqbara bunyod etilgan.
XVI asrning oxirlarida uning qarshisida "qush” uslubda Qaffol Shoshiyning avlodi, Boboxo’ja maqbarasi qurilgan. Bu bino 1939 yil buzib tashlangan. XIX asr o’rtalarida Baroqxon madrasasining ro’parasida Namozgoh ("Tillashayx”), Mo’yi Muborak madrasasi, jome’ masjid qurilgan. 
Hastimomda O’zbekiston Musulmonlar idorasi joylashgan. Ayni kunlarda u yerda katta ta’mirlash ishlari ketmoqda.3

Zangi ota majmuasi
Zangi ota majmuasi – Toshkent viloyati Zangi ota qishlog’idagi me’moriy yodgorlik (XV–XXasr). Zangi ota majmuasi Zangi ota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, madrasa, masjid, xonaqoh-shiypon, minora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasida hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qurilgan. Zangi ota maqbarasi esa, madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo’lib, hovliga shimoliy-sharq va shimoliy-g’arbdagi darvozalar orqali o’tiladi. Minora ham shu hovlining o’rtarog’ida masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. Majmuaga janubdan qadimiy qabriston bilan tutashgan, uning atrofi devor bilan o’ralgan. Zangi ota maqbarasining peshtoqi hovliga qaragan. Qolgan uch tomoni esa, qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangi ota maqbarasi dastlab to’rt xonali (ziyoratxona, go’rxona va uning yonida kichik xona qoldiqlari saqlangan) bezaksiz bo’lgan. Ichki xona devorlari ravoqli chorsi asosidan burchakliridagi bag’al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil.
Darcha va tobodonlar ishlangan. Go’rxonadagi oq marmar qabrtoshga nafis o’yma naqshlar, arabiy xatlar bitilgan.
Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib, koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devoir ziyoratxona va go’rxona poy gumbazi sayqallangan g’ishtchalar, o’ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona idorasi parchinli mehrobiga "P” shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal berilgan. Peshtog’idagi namoyon hoshiyalari sopol, g’isht va yig’ma koshin terilib, unga sakkiz burchakli turunjlar ishlangan. Maqbara XIV asrninig 90-yilarida sohibqiron Amir Temur tomonidan qurilgan va XV asrning 20-yillarida Ulug’bek davrida bezak ishlari bajarilgan. XVI–XVII asrlarda peshtoq va gumbazlari ta’mirlangan. Maqbara yoniga bir qavatli madrasa va namozgoh masjidi qurilgan (1832 yil).
Madrasa bir qavatli qator hujra, ikki darvozaxona va uch yirikroq xona (darsxona)dan iborat.
1870 yilda Zangi ota majmuasi ta’mirlanib, namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan.
Majmua qo’qonlik usta Hoji Muhammad tomonidan bezalgan. Uning atrofi obodonlashtirilgan, majmuaning o`zi esa tarixiy yodgorlik sifatida davlat himoyasiga olingan.

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi
Shayx Abu Bakr Zayniddin bobo Ko‘yi Orifon Toshkandiy (1164–1259) – shayx bo`lgan. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy, Bag‘dodning katta mutasavviflaridan bo‘lgan, suhravardiya tariqatiga asos solgan. Shayx Shahobiddin Suhravardiy 1215 yil Bag‘dod xalifasining elchisi sifatida xorazmshoh Muhammad huzuriga kelgan. Shunda Zayniddin ham otasi bilan Movarounnahrga kelgan va keyinchalik Shosh (Toshkent)da, shaharning Ko‘kcha dahasidagi Ko‘yi Orifon mahallasi (laqabi shundan)dagi mavjud maqbara chillaxonasida hayot kechirgan va tasavvuf bilan shug‘ullangan. Tarixiy manbalarda Zayniddin "sayyidlarning ulug‘i va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi", "oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi" deb ta’riflanadi. Amir Temur 1391–92 va 1402 yillarda Zayniddin maqbarasini ziyorat qilgan va ta’mir ettirgan. Zayniddin bobo Toshkentda vafot etgan.
Shayx Zayniddin bobo maqbarasi – Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (XIII–XIV asrlar). Uni Amir Temur shayx Zayniddin bobo (Ko‘kcha darvozasi tashqarisidagi Orifon qishlog‘iga dafn etilgan)ga atab soldirgan. Arxeologik tekshirishlarga ko‘ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona XII–XIII asrlarga, maqbara o‘rnida bo‘lgan xonaqoh XIV asrga oid. Maqbara devorining asosi XVI asrda qurilgan, tepasi va peshtoqi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ta’mir etilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o‘rnatilgan. Yog‘och darvozaga ustaning nomi –"Mirsharob Abdumo‘min o‘g‘li" deb o‘yib yozilgan. Darvoza tepasidagi deraza o‘rnida yog‘och panjara saqlanib qolgan. XIII–XIV asrlarda maqbara atrofida qabriston vujudga kelgan4. 

Ko’kaldosh madrasasi
Ko’kaldosh – emishgan og’a-ini demakdir. Ko’kaldoshlik mansab ham. Bu mansab egasiga davlatning do’stu dushmanlari haqida ma’lumot berish, josuslik ishi yuzasidan rahbarlik qilish vazifasi yuklatilgan. Ular xon va podshoh xonadoniga yaqin turganlar.
Zahmatkash xalq ustalari yaratgan, o’zida asrlar tarixini mujassam etgan qadimiy yodgorliklardan biri – shahrimizning Navoiy ko’chasida joylashgan Ko’kaldosh madrasasidir.
Madrasa Darveshxon hukmronlik qilgan XVI asrda qad ko’targan bo’lib, Buxoro xonining noibi Qulbobo Ko’kaldosh qurilish ishlariga rahbarlik qilgan va o’z nomini abadiylashtirgan (Toshkent Buxoro xonligiga 1532 yilda qo’shib olingan). Madrasa uncha katta bo’lmasdan, mullabachalar uchun qurilgan aylana hujralar va hovlilardan iborat edi. U sirkor parchinlari va rang-barang naqshlari bilan bezatilishi jihatidan o’sha davrdagi Samarqand va Buxoroning go’zal madrasalaridan aslo qolishmagan. Biroq davrlar o’tishi, kuchli zilzilalar natijasida madrasaning qiyofasi butunlay o’zgarib ketgan.
XVIII asrning boshlaridagi o’zaro feodal urishlar natijasida madrasa juda tashlandiq holga kelgan. Bu vaqtda undan karvonsaroy sifatida foydalanilgan. 1830–1831 yillarda Ko’kaldosh madrasasining ikkinchi qavati ham buzilgan. Uning butun g’ishtlari esa, bu vaqtda yangi qurilgan Beklarbegi madrasasiga ishlatilgan. Ikkinchi qavatdan chiqqan g’ishtlarning ayrim qismi shu madrasaning ba’zi qismlarini ta’mirlashda ham ishlatilgan. Uni tuzatishda qatnashgan ustalar darvoza ustiga o’rnatilgan sirkor parchinlarga quyidagilarni yozganlar: ”Ushbu ajoyib binoni 1246 hijriy yilda Azim Valiy o’gli usta Avaz Muhammad tuzatgan. Bu bino saroy bosh qo’mondoni Jahongirbek o’g’li Shodmonbek rahbarligida ishlandi. Koshin ishlarini usta Olimjon bajardi”.
Yodgorlik 1868 yilgi zilzilada qattiq zararlangan. Bu vaqtda uning asosiy peshtoqi qulab tushgan. 1902–1903 yillarda shahar aholisidan yig’ilgan mablag’ hisobiga binoning yuqori qismlari qayta tiklangan. Biroq asosiy peshtoq va peshtoqning o’zi tuzatilmay qolgan.
Uning yon tomonlari gumbaz asosigacha va devorning kungirador qismigacha yangi g’isht bilan tekis ishlab chiqilgan. Peshtoqning yonida yarim doira shaklida chiroyli ravoqlar paydo bo’lgan. 
1946 yil ro’y bergan kuchli Chotqol zilzilasi natijasida bino qattiq shikastlanib, bosh fasad peshtoqi qulab tushgan. 1950 yilning boshlarida mazkur yodgorlikni qayta tiklash ishlari olib borilgan. Madrasaning to’liq ta’mirlash ishlari mustaqillik yillarida nihoyasiga yetkazilgan5.

Baroqxon madrasasi
Bir necha davrda qurilgan imoratlardan tarkib topgan (XVI asr). Dastlab binoning sharqiy sharqiy burchagidagi mo’jaz maqbara (kimga mansubligi noma’lum) qurilgan. So’ng 1530 yil Shayboniylar sulolasining Toshkentdagi vakili Suyunchixo’jaxon (1525 yil vafot etgan) maqbarasi qad ko’targan. Bu maqbara madrasa hovlisi to’ridagi peshtoqli xonaqohdan iborat.
Madrasaning uchinchi bosqichini XVI asr o’rtalarida Baroqxon qurdirgan. U ilgari qurilgan ikki maqbarani ham o’z ichiga olgan. Bugungi kunda Baroqxon madrasasi XVI asr Toshkent arxitektura yodgorliklarining eng chiroyli va serviqorlaridan biri hisoblanadi.
Baroqxonning haqiqiy ismi Navro`z Ahmadxon (tug’ilgan yili 1556 yil). Shayboniylar sulolasidan bo’lgan xon, Abulxayrxonning nabirasi, Toshkent xoni Suyunchxo’jaxonning kichik o’g’li. Otasining vafotidan keyin Toshkent (1525–51) so’ngra, Movarounnahr (1551–56) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan she’riyat, musiqa, ashula, vazn, va nazmdan ta’lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko’proq mashg’ul bo’lgan. Abdullatifxon vafotidan so’ng (1551 yil) Samarqand taxtiga o’tirgan va Navro`z Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Baroqxon obodonchilik ishlariga e’tibor bergan, madrasalar qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma” asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556 yilda Zarafshon vodiysidan boshlangan Darg’on kanalining bosh inshooti Ravotxo’ja to’g’onini tuzatti rish uchun kelgan va u yerda to’satdan vafot etgan (Samarqand shahrida dafn etilgan). Baroqxon davrida Yaqin va O’rta sharq mamlakatlari o’rtasida savdo-sotiq va elchilik munosabatlari yaxshilangan6.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ajdodlarimizdan qolgan boy merosning muayyan qismini betakror tarixiy-me`moriy inshootlar, o`xshashi yo`q madaniy yodgorliklar, aziz avliyo va shayxlarning sha`niga qurilgan islomiy obidalar tashkil qiladi. Bizning burchimiz esa, ushbu tabarruk merosni chuqur o’rganish va ana shunday buyuk ajdodlarga munosib avlod bo’lishdir.
Категория: tarix | Добавил: admin (28.01.2011)
Просмотров: 4978 | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Ирино Мию Коба Хаяси Ё Ойзуми Рюноскэ Камики Тацуя Гасюин Акио Ютсука Акихиро Мива Дайдзиро Харада Александр Груздев Даниил Эльдаров Елена Чебатуркина Ирина Савина Эль Фаннинг Дакота Фаннинг Жан Дюжарден Кристин Милиоти Гарри Дж. Ленникс Джейми Фокс Реджина Кинг Букем Вудбайн Керри Вашингтон Кертис Армст Клифтон Пауэлл Анна Ардова Сергей Безруков Андрей Панин Владимир Ильин Дмитрий Астрахан Иван Ургант Уилл Смит Брайан Хау Джейден Смит Джеймс Карен Джордж Чунг Дэн Кастелланета Кевин Уэст Курт Фуллер Светлана Иванова Александр Лобанов Алехандра Г Владимир Меньшов Пит Постлетуэйт Эмма Томпсон Бети Эдни Бритта Смит Джерард МакСорли Джон Линч Дэниэл Дэй-Льюис Корин Редгрейв Лиам Нисон Рэйф Файнс Беатриче Макола Джонатан Сагалл Кэролайн Гудолл Эдриан Броуди Ваня Муес Даниэль Кальтаджироне Джессика Кейт Мейер Джулия Рейнер Джон Гилгуд Джон Стэндинг Джон Хёрт Шэрон Стоун Алан Кинг Винни Велла Джо Пеши Дон Риклз Кевин Поллак Джейсон Грей-Стенфорд Дженнифер Коннелли Адам Голдберг Джадд Хёрш Джош Лукас Ариель Домбаль Джулиан Гловер Джулиан Сэндс Боло Йенг Дональд Гибб Жан-Клод Ван Дамм Кен Сиу Сонни Чиба Дзиро Чиба Кэндзи Имаи Джин Симмонс Джон Айрленд Джон Гэвин Джон Долл Кирк Дуглас Джей Хед Адриан Ленокс Катрин Дайер Ким Диккенс Куинтон Аарон Кэти Бейтс Желько Иванек Брайан Тарантина Бруно Кёрби Джеймс Руссо Джерри Бекер Билл Мюррей Г.Д. Спрэдлин Патриция Аркетт Джеффри Джонс Джордж «Энимал» Стил Диего Луна Андреа Ди Стефано Джованни Флорид Франка Потенте Итан Сапли Клифф Кёртис Мигель Сандовал Рэй Лиотта Келли Райлли Джек Девенпорт Клэр Хиггинс Жан Рено Софи Оконедо Тони Кгороге Десмонд Дюбэ Колани Мали Кэра Сеймур Джонни Депп Джон Ортиз Билли Крудап Джейсон Кларк Марион Котийяр Стивен Лэнг Бранка Катич Брайс Форнье Артур Дюпон Жан д’Ормесон Жан-Марк Руло Ипполит Жирардо Катрин Фро Джон Лоуренс Кейт Бёртон Кейт Мара Клеманс Поэзи Колман Стингер Вячеслав Манучаров Данила Чванов Екатерина Федулова Иван Семенов Инга Стрелкова-Оболдина Майкл Уинкотт Тони Коллетт Энтони Хопкинс Джеймс Д’Арси Джессика Бил Дэнни Хьюстон Робин Райт Брент Дженнингс Брэд Питт Кен Медлок Кэррис Дорси Жерар Депардье Анна Михалкова Владимир Машков Данила Козловс Ирина Алферова Константин Хабенский Ксения Раппопорт Джон Гудман Адам Лубарски Бренда Ваккаро Джеймс Урбаняк Дженнифер Мадж Джереми Бобб Дирдри О’Коннелл Аллан Рич Барбара Эда-Янг Бифф МакГуайр Джек Кихоу Джон Медичи Джон Рэндольф Корнелия Шарп Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл Колм Фиор Стивен Тоболовски Дайан Венора Деби Мейзар James Pudderhall Джеральдин Джеймс Дуглас Ходж Илан Гудман Кэс Анвар Аарон Крэвен Айэйн Белчер Андреа Брукс Кэйси Дюбуа Кеннет Крэнэм Скотт Эдкинс Джая Уайсс Джонатон Шек Лайам Гэрриган Джои Кинг Лили Тейлор Рон Ливингстон Вера Фармига Кайла Дивер Майкл Мэдсен Kevin DeCristofano Wendy Ov Джанин Кэйн Джонни Чикко Кристи Карлсон Романо Анна Масальская Антон Арзамасцев Валерий Девятых Иван Жидков Игорь Скрипко Ашиш Видьятхи Брахманандам Каджал Кристина Ахеева Наталья Рудова сергей Александр Булатов Александр Воробьев Глафира Тарханова Екатерина Копанова Илья Оболонков Нассер вивек оберой Владо Мажанаов Джесси Стил РИТИК Рошан Джухи Чавла Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Алексей Чадов Валерий Золотухин Виктор Бычков Джейсон Флеминг Игорь Жижикин Барбара Ауэр Бен Шнетцер Джеффри Раш Карина Визе Джай Кортни Миранда Отто Аарон Экхарт Аден Янг Билл Найи Ивонн Страховски Кэйтлин Стэйси Майлз Теллер Кайл Чандлер Шейлин Вудли Ава Лондон Бри Ларсон Дайо Окенайи Дженнифер Джейсон Ли Анатолий Лобоцкий Владимир Зайцев Денис Никифоров Ксения Лаврова-Глинка Рана Юнг Бахадур Шахид Капур Закир Хуссэйн Санджай Мишра Саурабх Шукла Даршан Джаривала Илеана Алекс Арлио Дайан Чэмберс Джон Хёрд Джэйсон Симмонс Йен Зиринг Кассандра Сербе Давид Кросс Мэттью МакКонахи Филипп Юшан Крис Прэтт Джеймс Вудс Форест Уитакер Оливье Мартинес Тара Рид Кристиан Бэйл Келлан Латс Роберт Де Ниро Джон Бернтал Шон Пенн Андрей Смоляков Данила Козловский Филип Чань Джона Хилл Джеймс Франко Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Дон Чидл Джон Малкович
статистикастатистика