Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » Статьи » tarix

ENEOLIT (mis-tosh) DAVRI.
       Enolit – lotin va grek so’zlaridan yasalgan bo’lib, «alneus» - lotincha mis, «litos»-grekcha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Ev-ropa va Osiyoning ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Evropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metaldan bir oz xabardor eneolit qabilalari ya-shagan va ularning ho’jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metalning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko’plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo’lib, shu xususiyatga ega bo’lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko’zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o’xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san’atning bir-biriga o’xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o’xshasa ham aynan bir xil emas.
Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo’lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko’rsatadilar:
1. Ho’jalikning hamma turidan ko’ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi;
2. Chaqmoqtosh qurollar ko’p bo’lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo’lishi.
3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uy-larining mavjudligi;
4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug’iga xos bo’lgan haykalchalarning mavjudligi;
5. Rangdor sapol buyumlari (gul solingan)ning tarqalishi.
Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopatamiya makonlarida, keyinroq Ev-ropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko’zga tashlanadi Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Evropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.
Eneolit makonlarining ko’pchiligida, ya’ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo’lsada, ba’zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Evropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo’q. Aksincha, bu erdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o’yilgan ku-lolchilik buyumlari mavjud bo’lgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo’yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo’lgan.
Eneolit makonlari er yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kel-gan. Yuqorida ko’rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgor-liklarda mavjud bo’lgan. Masalan, Ikkidaryo oralig’ining rangdor sopol bu-yumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli su-ratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig’i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) quldorlik asosida yuksak ma-daniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Evropaning katta hudud-larida unumdor ho’jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi.
Eneolit davriga xos bo’lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor ho’jalik shakli – dehqonchilik mashg’ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo’lgan. Ammo o’z xususiyatiga ko’ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo’lsa-da, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foy-dalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo’lsa-da, u kuchli, og’ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o’z xususiyatiga ko’ra yumshoq va juda tez o’z shaklini o’zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan.
Mis-tosh davrida odamlar metal bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar 2-3 million yillar davomida faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo’lmay, ayrim xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo’lsa-da, o’zining shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli shaklga kelishi oson bo’lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parellel holda ishlatila boshlangan.
Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Bu davrda unumdor ho’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar ma-daniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan ibo-rat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar yashagan yirik man-zillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi.
Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarn-ing ijtimoiy hayotdagi e’tibori va mavqeini ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan.
Eneolit makonlari er yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo, Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o’rganilgan. Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So’za kom-pleksi, Ukrainada Tripol’e madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanis-tonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir.
Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko’p tarqalgani – re-tushlangan egri o’roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o’roqlar bar-cha mamlakatlarda eng qadimgi dehqonchilik ho’jalik mashg’uloti bilan birga paydo bo’lgan. Evropa va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don-bug’doy, arpa va tariq qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Evropada etishtirilgan. Ular bu erlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan.
Er yuzining ko’p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari keng tarqalgan. Ular ho’jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg’ulot bo’lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo’lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari ularning mozor ko’rganlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo’lgan "Qadimiy chuqur” mozor qo’rg’onlari deb atalib, er yuzida ulardan qadimiyrog’i yo’q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go’r chuqurlar bu davr uchun nom bo’lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo’rg’onlarida chaqmoqtosh o’q uchlari, qirg’ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi.
O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya./ulomov, A.Asqarov, U.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.
Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joy-dan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu erdan toshdan ishlangan yorg’uchoqlar, o’roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlan-gan qurol siniqlari qazib olingan.
1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegara-sida) hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli- sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsatadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning-Turkmaniston dehqonchilik markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgor-likligini olimlar to’rt bosqichga bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Frantsiya olim-larini ham e’tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan.
Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10ta tepalikdan iborat yodgorlikdir. Sarazm I eneolit davriga oid bo’lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil bo’yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.
Sarazm II so’nggi eneolit va ilk bronza asriga o’tish davriga mansub. Bu bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa bronza davriga mansub.
Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o’ralgan 48ta kulba, ya’ni paxsadan qurilgan uyni topib o’rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo’lib, ular yakka, kichik oilalarga mo’ljallangan. Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi o’choqlar topilgan. Bular – otashkadalar, jamoa olovi o’rni bo’lib, unda olov saqlangan. Otashkadalar e’tiqod markazi yoki joyi hisoblangan.
Yana bir eneolit va bronza davriga oid bo’lgan yodgorlik qoldiqlari Zamonbobo madaniyati nomi bilan mashhur. Arxeolog Ya./ulomov 1950 yil qadimgi qabriston qoldiqlarini topib, o’rganadi. 
Ma’lumki, kishilik madaniyatining bir necha ming yillarni o’z ichiga oluvchi tarixi yozuv bo’lmagan davrga to’g’ri keladi. 5 ming yillik tarixiy davrdan ilgarigi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy jarayonlar moddiy to-pilmalarni o’rganish orqali tiklanadi. Eneolit mis-tosh davrining o’ziga xos tarixi, biz yuqorida keltirib o’tgan 5 madaniy jarayonda o’z aksini topgan. Eneolitning besh umumlashtiruvchi alomatlari bu davr qabilalari madani-yatining o’zidan oldingi davrlarga nisbatan bir bosqich yuqoriga ko’tarilganidan dalolat beradi.
Sarazm moddiy topilmalari ichida Shimoliy Afg’aniston, Eron, Kal-taminor madaniyatiga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabila-larining keng madaniy va iqtisodiy aloqalarda bo’lganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyoda eneolit yodgorliklari Turkmaniston hududlarida yaxshi o’rganilgan. Turkmanistonda eneolit 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi:
1. Ilk eneolit (Anov I, Nomozgoh I makonlari).
2. Rivojlangan eneolit (Anov II, Nomozgoh II).
3. So’nggi eneolit (Nomozgoh III . . . )
Turkmaniston eneolit makonlaridan tosh qurollar (o’roq va pichoq qadamalar, qirg’ichlar), sopol idishlar) geometrik shakldagi naqshlangan) topib o’rganilgan. Bu davr makonlarida uy joylar paxsa yoki g’ishtdan, du-maloq va to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan. Inshootlarning o’rtasida markaziy o’choq bo’lgan. U diniy marosimlar o’tkazish va e’tiqod joyi vazi-fasini o’tagan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar erga, quyoshga, suvga, hosildorlikka sig’inishgan. Murdani ko’mishda urug’ a’zolarining sa-ganalari paydo bo’lgan. Murdaning yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari qo’yilgan. Eneolitda ibtidoiy diniy tasavvur–totemizm hayvonlar haykallarini tarqalishida ko’zga tashlanadi. 
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o’simliklar ekish va o’tkazish yo’li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneo-lit zamonida yuqori ho’jalik shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar etishtirishga va mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo’lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jaray-oni ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davr-lardagi rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.


Категория: tarix | Добавил: admin (04.12.2010)
Просмотров: 3803 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Акио Ютсука Акихиро Мива Джейми Фокс Сергей Безруков Уилл Смит Эдриан Броуди Шэрон Стоун Алан Кинг Адам Голдберг Адриан Ленокс Жан Рено Софи Оконедо Джонни Депп Марион Котийяр Жерар Депардье Адам Лубарски Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл James Pudderhall Аарон Крэвен Айэйн Белчер Kevin DeCristofano Wendy Ov сергей Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Аарон Экхарт Аден Янг Ава Лондон Алекс Арлио Юэн МакГрегор Адам Чанлер-Берат Агос Виджайя Соджарво Marie Hammer Boda Michael Brostrup Nynne Bojsen Джеймс Вудс Nokuthula Ledwaba Sifiso Sihlang Оливье Мартинес адам Carolyn Ratteray Alex Mayzlin Gary L. Taggart Аида Тулебаева Алекс Галпер Орландо Блум Бенедикт Камбербэтч Киану Ривз Кристиан Бэйл Келлан Латс Джон Бернтал Алан Аркин Адриан Мартинес Айзая Мустафа Адам Скотт Стив Карелл Уиллем Дефо Александр Ревва Гарик Харламов Кристина Асмус Hye-eun Kim Kang Min Kyung Sang-hoon Choi джеки чан Rock n Heim System Of A Down The 2013 Billboard Music Awards Джей Барушель Джеймс Франко Сэмюэл Л. Джексон Микки Рурк Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Гвинет Пэлтроу Роберт Дауни мл. Уильям Сэдлер Августин Фриззелл Beyonce - I Am World Tour 2010 Frank Michael Pretzel Айс Кьюб А Ин Пак Christopher Jordan Lee Shawn Robidoux 8 серия Game of Thrones 4 Айзек Хэмпстед-Рай Дмитрий Нагиев Дмитрий Назаров гари олдман Грэм Грин Ажаруддин Мохаммед Абхишек Баччан Адитья Панчоли Айшвария Рай Адити Рао Хидари Акшай Кумар Адитья Шривастав Arush Bhiwandiwala Deven Bhojani Inaamulhaq Kanika Tiwari Madhurjeet Sarghi Hitanshu Lodhia Jeetpal Sachin Karekar Адиль Хуссэйн Аджит Вачани Абхай Деол Адитья Рой Капур Аакрути Kummy Dhillon Аамир Кхан Авни Васа Roohi Berde Азиф Ахмед Автар Гилл DILOROM MIRZAEVA. Nargiza Salmonova UMID ISKANDAROV Avaz Qodirov Dilya Urunova Durdona Mo'minova Sa'ida Rametova Armando Baudin David Allen Gabriel Abreu Richard Anderson Лоренс Фишбёрн Айра Хейден Дима Билан The Stig Адитья Сидху Александр Головин Аза Erdem Ergney Kerem Firtina Mustafa Sevki Dogan Osman Sinav Кэти Кэссиди Адриан Шиллер Арарат Кещян Мария Кожевникова Аделин О’Эрми Джессика Лукас Адити Шарма Chien-lien Wu Kam-Kong Wong Брюс Уиллис Адевале Акинойе-Агбаже Брайан Кокс Джоан Аллен Карл Урбан Кори Джонсон Эдвард Нортон Хьюго Уивинг Хэролд Перрино Талиса Сото Джеймс Римар Алекс Паунович Каспер Ван Дин Элайджа Вуд Шон Бин Энди Серкис Chen-yu Chang Hsiao-lung Shi Jen-Kuei Hui Wen-kuei Hui Yu-yen Huang Кристофер Ллойд Элизабет Шу але джим керри Эрик Робертс Аким Шир Алан Тьюдик jahongir poziljonov Sanjar Shodiev Sobir Otajonov Tolib Mo'minov Jumadilla Rametov Muhammadiso Abdulhayirov Saida Rametova Shukrullo Isroilov Tolib Mo’minov Zarina Nizomiddinova Колин Фаррелл Шон Майкл Damien Amey Billy Choi Aziz Umurzoqov Begzod Allaniyazov Bobur Yo'ldoshev Doniyor Hapizov Go'zal Daliyeva Kupjursin Allanazarov Mirzagul Sapayeva Nargiza Allasheva Адам Саундерс ал Hojiboy Tojiboyev Mirza QVZ Handalak Арнольд Шварценеггер Celeste Henderson Kate Higgins Адитья Лакхия Pedro Duarte Barno Qodirova Muhammadali Abduqunduzov Muyassar Berdiqulova Nargiza Rahimova Saida Saidbekova Suhrob Xasanov Qah - Qaha Пол Уокер Вин Дизель джордана брюстер Мэтт Шульце Тайриз Гибсон Лудакрис Санг Кенг Дуэйн Джонсон Бонни Беделиа Алан Рикман Айми Гарсиа Дэнни Гловер Макс Райан Николас Кейдж Кэмерон Диаз Эдди Мерфи Антонио Бандерас Thomas Bonsang Алек Утгофф tas ix million Million Jamoasi 2014 qvz 2014 Kwang-Hee Hwang 30 серия Kaçak Айзиа Фредерикс Айлин Эткинс Alisher Uzoqov DAVRON ZAYNUDDINOV MUHAMMAD ISO ABDULHAIROV SHOXRUX ISMOILOV ABDUHAKIM TOSHTEMIROV DILNOZA UMIROVA ERKIN KOMILOV GULBAHOR YULDOSHEVA RANO BORONOVA RAYHON ULYASENOVA YOQUBJON AHMEDOV Сирша Ронан Michael Reinero tas-ix Qaytar Dunyo Uy bekasi Абдухаким Тоштемирова Ayse Melike Çerçi Kayhan Yildizoglu Levent Ökt Sang-uk Ju Annick Christiaens Paul GRANIER Rose Caprais Sweet Alibis Tsu-yun Lang Алек Су Адриана Угарте Алекс Гонсалес Аарон Пол Kyal Rankine Marley Smith Аида Туртурро RZA Аиша Исса Джуд Лоу Адам Бич Johnny Baker Адж Уилсон МакФол Адриэн Мишлер Afrim Gjonbalaj Аарон Тейлор-Джонсон kino o/zbek uzbek Ajab Bo'libdi Salom Natasha 5 сезон Game of Thrones
статистикастатистика