Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » Статьи » tarix

O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari.
#O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari.

Reja:

1.Bronza davri jamiyatining rivojlanishi va xususiyatlari.
2. O’rta Osiyo bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy jihatidan rivojlanish omillari.
3. Bronza davrida tarixiy jo’g’rofiya sug’orma dexqonchilik vohalarining vujudga kelishi (Oltintepa, Namozgohtepa, Sopolli, Jarqo’ton, Sarazm).

Tayanch tushunchalar.
Tarixiy jarayon, tarixiy taraqqiyot, dastlabki tarixiy jo’g’rofik markazlar, ma’dan,ishlab chiqarish kuchlarining markazlashishi, etnik jarayon. Anov, Namozgohtepa, Oltin-tepa, Tog’oloqtepa, Mo’llali, Sopolli, Jarqo’ton, Sarazm. B.A.Kuftin, V.I.Ganyalin, V.M.Masson, O.Berdiyev. Me’morchilik, qurilish, devor, burj, pilon, shahar, ark, darvoza.

O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar.
Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi;
2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi;
3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi;
4.Sug’orish inshootlari qurildi;
5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi;
6.Aholi soni oshib bordi;
7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi;
8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi;
9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi;
10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi;
11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi;
12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi;
13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi;
14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi.
 Tarixiy taraqqiyotning to’xtovsiz rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining markazlashish jarayoni yanada rivoj topdi. Xo’jalik sohasidagi bilimlarning ixtisoslashishi yuz berdi. Insoniyat tomonidan xo’jalik sohasidagi faoliyati davom etdi, sifat jihatidan muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Sug’orilish madaniyatining o’sishi, mehnat qurollarining xilma-xilligi, aholi sonining to’xtovsiz o’sib borishi, qaqbilalar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi, chorvador qabilalarning vujudga kelishi, tarixiy vaziyatning notinchligi, yanada mukammal bilimlarning paydo bo’lishiga olib keldi.Er.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo hududlarida shaharsozlikmadaniyati shakllandi. Mil.avv. III ming yillikda insoniyat bronzani o’zlashtirib olib, undan mehnat qurollari tayyorlagan va xo’jalikda keng foydalangan. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik xo’jaligi taraqqiy etdi. Bu davrdan boshlab xo’jalikning turli sohasidagi bilimlar vujudga keldi, manzillar hajmui yanada kengaydi, aholi soni oshib bordi (5 – 10 ming kishi). 
Xullas, metall ishlatishga o’tilishi qadimgi davrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Natijada O’rta Osiyo dasht va tog’ oldi hududlariga chorvaga ega bo’lgan o’troq aholining bir qismi ko’chib borib joylashdi. Bu tarixiy jarayon jamiyat taraqqiyotida dastlabki yirik mehnat taqsimoti bo’lib, ilk shaharlar paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamin bo’ldi.
Bronza davriga kelib O’rta Osiyoning janubiy hududlarida ilk dexqonchilik xo’jaligi tabiiy sug’roma dexqonchilik madaniyati qaror topdi. Bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy rivojlanishining manbasi mil.avv. IV ming yillikda paydo bo’lgan edi. O’rta Osiyo qadimgi tarixining bronza davri mil.avv. III – II ming yilliklarni qamrab olib, shaharsozlik madaniyati shakllandi. Budavrga oid dastlabki yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anovning pastki qatlamlari, Nomozgohtepa yodgorliklarida o’rganildi. Bronza davri yodgorliklari O’rta Osiyoning boshqa hududlarida tadqiq etildi. Bronza davri O’rta Osiyoning keng dasht hududlarida ovchilik – chorvachilik xo’jaligi nisbatan ustun bo’lgan dasht qabilalarining joylashishi, uning janubiy hidudlarida yuqori darajada rivojlangan ko’ptarmoqli hunarmandchilikka ega bo’lgan o’troq dexqonchilik qabilalarining yoyilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ibtidoiy dexqonchilik bronza davrining boshlarida o’zining birinchi bosqichini bosib o’tdi. Motiganing ishlatilishi va ibtidoiy omochning paydo bo’lishi O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti qulay bo’lgan tog’ oldi hamda daryo vohalari hududlarida dexqonchilik jadallik bilan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
O’troq sug’orma dexqonchilik hududlarida bronza davri o’z rivojlanishining ikkita davrini boshdan kechiradi. Birinchi davr – mahalliy o’troq dexqonchilik madaniyatining rivojlanishi va uning ravnaqi, ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanish davri. Ammo Qadimgi Sharqning keng hududlarida bo’lgani kabi O’rta Osiyo ilk dexqonchilik jamoalari rivojlanishining birinchi davrida o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqa olmadi. Aksincha, to’satdan tushkunlikka o’tib inqirozga yuz tutdi. Inqiroz holatining asta – sekinlik bilan bartaraf etilishi esa ikkinchi davr uchun xos xususiyatdir. O’rta Osiyoning janubi – g’arbidagi bronza davri yodgorliklari tadqiqotchilar o’rtasida munozaralarga olib keldi. To’rtta – Anov I – IV majmualari tadqiqotchilar tomonidan ko’plab munozaralarga sabab bo’lishiga qaramay o’tgan 1949 -1950 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgohtepadagi qazishlari tufayli ushbu bronza davriga oid yodgorliklarida qazish ishlari olib borildi. 1952 yilda B.A.Kuftin Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tabiatini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo’lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma – ket keluvchi oltita majmuani – Nomozgoh I – IV ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o’rta eneolit, Nomozgoh III so’nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davrlariga oiddir.
1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo’shni Erondagi topilmalar bilan qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi: 
Joytun va Anov I – mil. avv. V ming yillik, Nomozgoh I, II – mil. avv. IV ming yillik, Nomozgoh III, IV – mil. avv. III ming yillik, Nomozgoh V – mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh VI – mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. 
Shuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo’lishi Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib kelishi bilan bog’lanadi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarar ekanmiz, Janubiy Turkmaniston jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom g’isht paydo bo’lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ga bo’ladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi usliblar shqkllanadi hamda to’qimachilik paydo bo’ladi.
Ushbu hududlarning asosiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti ko’p hollarda o’troq sug’orma dexqonchilik bo’lib xo’jalik hayotida chorvachilik ham yetakchi axamiyatga ega edi. Tarixiy – madaniy taraqqiyot natijasida mil. avv. IV – III ming yilliklarga kelib alohida manzilgohlarda yashovchi aholining unchalik murakkab bo’lmagan sug’orish tartibi paydo bo’ladiki, bu holat sun’iy sug’orishning rivojlanishiga asos bo’ldi.
Janubiy Turkmaniston eneolit davri aholisi madaniyati shu davrga oid qazishmalar boshlangan yodgorlik nomi bilan Anov madaniyati deb yuritiladi. Mil. avv. IV ming yillikdayoq ushbu madaniyat sohiblari Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi kattagina yerlarni o’zlashtira boshlaydilar. Mil. avv. IV ming yillikda Tajan daryosi etaklarida markaziy manzilgohi Geoksyur I bo’lgan alohida voha shakllandi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, bir tomondan manzilgohlarning mavjudligiga va joylashuvi dalalarni sug’orish uchun foydalanadigan suv manbalari tartibiga bog’liq edi.Shuning uchun ham dastavval tog’ oldi hududlarida asos solingan manzilgohlar sharoiti nisbatan yaxshi edi.
Ikkinchi tomondan, sug’orish tartibining murakkablashuvi va mana shunday tartib ichida ishlab chiqarish faoliyatini barqarorlashtirish zaruriyati aholining ma’lum hududlarda zich joylashuvini talab etar edi. Bu holat esa ayrim vohalarda nisbatan yirik markazlar hamda ularga qarashli bo’lgan kichik manzilgohlarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Bu davrda Kopetdog’ tog’ oldi tekisligining eng yirik manzilgohi Nomozgohtepa ( 50 gektardan ziyod ) va Oltintepa ( 25 gektar ) edi. Tadqiqotchilarning tahminicha, asosiy xususiyatlariga ko’ra ular so’nggi eneolit davrida shakllanib bo’lgan edi. Shuningdek Ulug’tepa ( 20 gektar ), Qoratepa ( 15 gektar ), Geoksyur ( 12 gektar ) kabi yirik markazlar ham mavjud edi. Eneolit davrining oxirlariga kelib manzilgohlarning ba’zilarida hayot to’xtaydiki, bu holat ekologik sabablar hamda alohida yirik markazlarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. 
Eneolit davrida Janubiy Turkmaniston hududlarida manzilgohlar qurilishi evolyutsiyasi kuzatiladi. Ya’ni, bir xonadan iborat bo’lib, tartibsiz joylashgan uylardan, ko’chalarga bo’lingan mahallalarni birlashtiruvchi ko’p xonali uylar, ayrim hollarda manzilgoh, markazida markaziy maydon paydo bo’lsa, o’rta eneolit davridan boshlab sodda holatdagi himoya inshootlaripaydo bo’lganligi aniqlangan. Undan tashqari katta oilali jamoalarning maxsus o’choqlari bo’lgan o’ziga xos diniy markazlarning izlari ham topilgan. So’nggi eneolit davriga kelib ayrim manzilgohlarda markazlashgan diniy markazlar paydo bo’ldi. 
Bronza davri jamiyatining ravnaqi dexqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning jadalliki bilan rivojlanishi orqali izohlanadi. Shuningdek, bu davrda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ham rivojlandi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu tarixiy davr ilk, rivojlangan hamda songgi bronza davrlariga bo’linadi. Ushbu davrlar moddiy madaniyat taraqqiyot darajasining o’ziga xosligi va rivojlanish bosqichlari bilan bir – biridan farqlanadi. Bu tarixiy davr aholisi turli metallar aralashmasi natijasida hosil bo’ladigan bronzani kashf etdilar. Bronza – kimyoviy xususiyatlari jihatidan mustahkam va qattiq metall bo’lib, u qadimgi xo’jaliklar taraqqiyoti uchun yuksak ahamiyatga ega bo’ldi.
Janubiy Turkmaniston yodgorliklaridan topilgan ko’p marta ishlatiladigan mis erituvchi xumdonlar, ma’danlarni maydalaydigan ko’p sonli tosh qurollar hamda metall buyumlarni bog’laydigan qurollarning topilishi ilk bronza davridayoq metalchilik ishlab chiqarishning alohida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Budavrda ilk shaharlar paydo bo’lishida muhim omil hisoblangan hunarmandchilikda kulolchilik charxining paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ilk bronzaning oxirlariga kelib barcha sopollar kulolchilik charxida tayyorlana boshlanib, sopollardagi naqshlar yo’qola boshlaydi. Rivojlangan va so’nggi bronza davriga kelib Kopetdog’ tog’ oldi tekisliklaridagi hunarmandchilik ishlab chiqarishida kulolchilik sohasi gullab yashnaydi va sopollar butunlay kulolchilik charxida hech qanday naqshlarsiz ishlab chiqariladi. Ko’pchilik manzilgohlarda kulollar yashab faoliyat ko’rsatganligi aniqlangan. 
Panjikent shahridan 15 km g’arbda o’troq dexqonchilik manzilgohi xarobalari bo’lgan Sarazm yodgorligi joylashgan. O’tgan asrning 70 – yillaridan boshlab ushbu yodgorlikda tadqiqotlar olib borilishi natijasida nafaqat yuqori Zarafshon, balki, butun O’rta Osiyo hududlarida eneolit – bronza davrida bo’lib o’tgan tarixiy – madaniy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar masalalariga davrlashtirish va xronologiya muammolariga ko’pgina aniqliklar kiritildi.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Sarazm paydo bo’lgan davrdan boshlaboq Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlari bilan uzviy aloqada bo’lgan. Dastlabki bosqichda, ya’ni, Sarazm madaniyati paydo bo’lib shakllanayotgan davrda Janubiy Turkmaniston yodgorliklari hal qiluvchi rol o’ynadi. Sarazm manzilgohining ikkita pastki qatlamlaridan topilgan Nomozgoh III va Geksyur I ko’rinishidagi eneoliy sopollari va boshqa moddiy madaniyat buyumlari ushbu jarayonni tasdiqlaydi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Farg’ona vodiysidan to Janubiy Turkmanistongacha bo’lgan ( janubi – sharqiy va janubi – g’arbiy O’rta Osiyo ) oralig’idagi hududlardan juda ko’p sonli eneolit va bronza davriga oid yodgorliklar topib o’rganilgan. Tarixiy – madaniy rivojlanish bosqichlariga qarab ushbu yodgorliklar ikki guruhga bo’linadi:
1. O’troq dexqonchilik madaniyati yodgorliklari ( Janubiy Turkmaniston, Janubiy O’zbekiston, Zarafshon va Farg’ona vodiylari ).
2. Bronza davri dasht madaniyati yodgorliklari ( Tozabog’yop, Zamonbobo, Mo’minobod, Oqtanga, Qayroqqum ).
Ushbu madaniyatlar o’rtasida uzviy aloqalar mavjud ediki, bu haqda mahsus bobda to’xtalib o’tamiz.
Mil. avv. II ming yillikka kelib Murg’ob daryosi havzasi hamda Amudaryoning o’rta oqimi hududlarida yuqori darajada rivojlangan o’troq dexqonchilik madaniyatlari shakllandi. Keyinchalik qadimga Baqtriya va Marg’iyona tarkibiga kirgan bu hududlardan hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod bronza davri yodgorliklari topib o’rganilgan. Ular orasida nisbatan yaxshi o’rganilganlari Gonur, Dashli, Kelleli, Sopollitepa, Jarqo’ton, To’g’aloq, Molali kabilar bo’lib, ko’pchilik tadqiqotchilar Baqtriya va Marg’iyona ushbu davr manzilgohlarini ikkita asosiy guruhga: istehkomli manzilgohlar va istehkomsiz manzilgohlar guruhlariga ajratadilar.
Ushbu hududlarda ilk shaharlarning asosi hasoblanganmustahkamlangan qal’alarning paydo bo’lishi harbiy havf – xatar tig’ilgan paytda boshpana vazifasini bajarish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shuningdek, qal’alar qadimgi dexqonlar jamiyatida chuqurlashib borayotgan ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlarini o’zida aks ettirgan. Qal’alarning ichki hududlari turli uslublarda bunyod etilgan. Misol uchun, Gonur I ning shimoliy qal’asida yakka reja asosida qurilgan katta zal va bir – biriga o’tiladigan qator uylar ( anfilada ) ochilgan. Qal’aning aylanma yo’lagida, qal’a devorining ichki qismida bir – biridan aniq masofada joylashgan to’rtburchak shaklidagi bir tomoni devordan chiqib turgan ustun ( pilyastra ) joylashgan. V.I.Sarianidining fikricha, ushbu qal’ada mahalliy hokimning saroyi joylashgan. Ayrim qal’alar, masalan, To’g’oloq 21 ibodatxona vazifasini bajargan bo’lib, diniy bayramlar kunlarida butun Marg’iyona kohinlari shu yerga to’planganlar.
Sopollitepa qal’asining ichida tor ko’chalar bilan ajratilgan 8 ta turar – joy mahallalar joylashgan. Markaziy hududda qurilishlar bo’lmagan. Qal’alarning janubiy tomonida joylashgan kirish qismidan katta va keng ko’cha boshlanib markazga keladi. Sopollitepaning turar – joylari uylarda va mahallalarda joylashgan ishlab chiqarish ustaxonalari bo’lgan oddiy qurilishlardan iborat.A.A.Asqarovning fikricha, bu yerda iqtisodiy jihatdan bir- biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jamoaga birlashgan 8 ta oila turmush tarzi kechirgan. 
Umuman olganda bronza davrida Marg’iyona va Baqtriya – aholi zich joylashgan hududlardan edi. Manzilgihlarning joylashuvi va xususiyatlari ilk dexqonlar turmush tarzining yuqori darajasini aks ettirib, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvidan, ma’muriy – mafkuraviy markazlar va mahobatli me’morchilikning paydo bo’lganligidan, hunarmandchilikning alohida ajralib chiqish jarayonlaridan dalolat beradi. Tadqiqotlar natijalarini tahlil etib shunday xulosa chiqarish mumkinki, ushbu katta hududlarda o’troq dexqonchilik qabilalari ittifoqlari yashaganlar. Vohalar esa, bu jarayonda shahar – davlatlar yoki nom uyushmalari singari siyosiy birlashmalar barpo etish yo’lidan rivojlanib borgan.
Bronza davri dexqonchilik qabilalari taraqqiyotining birinchi davri Nomozgoh IV va Nomozgoh V ( mil. avv. III – II mimg yillikning birinchi yarmi ) davrlariga to’g’ri keladi. Ikkinchi davr esa ( inqirozdan keyongi rivojlanish va taraqqiyot ) Nomozgoh VI davriga to’g’ri keladi. Birinchi davrda bronza davri o’troq dexqonchilik madaniyati yodgorliklari o’zlashtirilgan hududlarda markazlashgan bo’lsa, ikkinch davrda qadimgi ziroatchilarning Sharqqa – Murg’ob vohasi hamda Baqtriyaga keng hududiy joylashuvi bo’lib o’tadi. Ik shahar sivilizatsiyasi sohiblari bo’lgan ayrim qabila guruhlari esa mil. avv. II ming yillikning o’rtalarida Zarafshon vohasiga kirib keladilar. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ilk va rivojlangan bronza davri manzilgohlarini ikki turga bo’lish mumkin: maydoni 10 va undan ortiq gektar bo’lgan "markaz” manzilgohlari va maydoni 1 – 0.25 gektar bo’lgan "qishloq” manzilgohlari. Birinchi guruhdagi yodgirliklar orasida o’lchamlari bo’yicha ham, arxeologik ma’lumotlar bo’yicha hamOltintepa va Nomozgohtepalar "poytaxt” manzilgih sifatida ajralib turadi. Shuningdek, Turkmaniston hududlaridagi Ulug’tepa, Qoratepa va Xovuztepalarni ham yirik manzilgohlar safiga kiritish mumkin. O’rta Osiyodagi mil. avv. III – II ming yilliklarga oid bo’lib keyingi davr taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan manzilgohlardan biri umumiy maydoni 70 gektarga yaqin bo’lgan Nomozgohtepa bo’lib, yodgorlikdagi Nomozgoh IV va V davrlaridan juda boy materiallar olingan. Nomozgoh V davriga oid sopol idishlar o’zining nafisligi bilan ajralib turadiki, bu holat ilk dexqonchilik jamoalari kulollarining nisbatan yuqori yutug’idan dalolat beradi.Nomozgoh IV davri qatlamlarining qalinligi 4 – 7 metr. Budavrda Nomozgohning deyarli barcha hududlari o’zlashtiriladi. Qazishmalar natijasida tor ko’chalar bilan ajratilgan ko’p xonali uylar ochilgan. 
Nomozgohtepa ko’p xonali turar – joylar markazlashgan joy bo’lib qolmasdan ishlab chiqarish markazining yirik markazi ham edi. Bu yerdan topilgan ko’p sonli metall buyumlar va mis qotishmalari metalsozlikning taraqqiy etganligidan dalolat beradi. 
Nomozgoh V davri – rivojlangan bronza davrining gullab – yashnagan davri, ilk shahar qurilishidagi yirik manzilgohlarningshakllanish davri, keyingi rivojlanish pallasiga zamin yaratgan davr hisoblanadi. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning janubida ikkita yirik markaz – Nomozgohtepa va Oltintepa shakllandi. Turkmanistonning tog’ oldi hududlaridan hozirgi kunga qadar madaniy jihatdan ilk shaharsozlik belgilariga yaqin bo’lgan alomatlarni o’zida aks ettiruvchi ko’p sonli kichik manzilgohlar ochilgan. Anovning janubiy tepaligi, Sho’rtepa, Qal’atepa, Toychanaktepa kabi qishloq manzilgohlari shular jumlasidandir. Ushbu yodgorliklardan ko’p sonli va sifatli tayyorlangan sopol idishlardan tashqari ayollar haykalchalari, hayvonlar tasvirlari, aravalarning loydan yasalgan shakllari, urchuqlar, kumush va bronza muhrlar topib o’rganilgn. 
Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, ushbu manzilgohlar xo’jaligining asosini dexqonchilik va chorvachilik tashkil etgan.  

Baqtriya – Marg’iyona madaniyati majmuining shakllanishida Janubiy Turkmaniston qabilalarining ishtirok etganligi shubhasizdir. Ammo, shunga e’tibor berish joizki, aynan mil. avv II ming yillikning ikkinchi choragida o’xshash madaniyat majmuining bunday katta hududni egallashi bitta regionda yashovchi aholi aholi migratsiyasi bilan bog’liq ekanligi kishida shubha uyg’otadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning boshlarida O’rta Osiyo janubi – g’arbiy Osiyoniqamrab olgan keng miqyosdagi qabilalar migratsiyasi to’lqinlaridan biri o’tgan asosiy markaz edi. Aynan mana shu davrda Sharqiy Eron vohalarida, O’rta Osiyoning janubida, Balujiston va qisman Hind vohalaridagi aynan bir xil bo’lgan madaniyat paydo bo’ladiki, ularning ildizlari G’arbga, Kichik Osiyogacha boradi.
 So’nggi eneolit va bronza davrlarida Kopetdog’ning janubi – g’arbiy tog’ oldilari Shimoli – Sharqiy Eronga xos bo’lgan madaniyat yoyilgan hududga kirar edi. Bu yerdagi Sumbar daryosi vohasidan turli davrlarga oid dafn etish marosimlaridan iborat qabristonlar ochilgan. Bu qabristonlardan topilgan ashyoviy buyumlar bu hududlarda aholi uzluksiz mil. avv. V ming yillikdan to I ming yillikning boshlariga qadar yashaganligidan dalolat beradi. Bu hududlardagi Sumbar I, II va Parxay I qabristonlari so’nggi bronza davriga oid bo’lib, o’ziga xos Sumbar madaniyati sifatida ajratiladi. Barcha qabrlar yakka qabrlar bo’lib, katakomba ko’mish marosimlariga amal qilingan. Sumbar madaniyatiga oid turli topilmalarni ( sopollar, bronza o’q uchlari, tarashlagichlar, bigizlar va boshq. ) I.N.Xlopin mil. avv. XV – XIV asrlarga oid deb hisoblaydi. Bu hududda ilk shahar xarobalari hozircha aniqlanmagan.
Farg’ona viloyati. Farg’ona vodiysidagi ilk dexqonchilik madaniyati, o’troqlashuv jarayonlari, dastlabki manzilgohlar, ilk shaharlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi masalalari bo’yicha turli yillarda Ya.G’.G’ulomov, B.A. Latinin, Bernshtam A.N, A.Asqarov, Yu.A.Zadneprovskiy, N.G.Gorbunova,B.X.Matboboyev, A.A.Anorboyevlar tadqiqot ishlari o0lib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysida bronza, ilk temir va antik davrlarda bo’lib o’tgan tarixiy – madaniy jarayonlar o’rganildi.
 Farg’ona vodiysida eng yaxshi o’rganilgani va mashhuri Chust makonidir. Chust shahridan 2 km. shimoldagiG’ovasoy sohilida joylashgan ushbu qadimiy qishloq xarobasi mahalliy xalq orasida Buonamozor nomi bilan atalib, bu manzilgohni 1950 yilda M.E.Vorones kashf qilgan edi. Bu yodgorlik dastlab V.I.Sprishevskiy, keyinroq esa Yu.A.Zadneprovskiy va boshqa tadqiqotchilar guruhlaritomonidan o’rganildi. Olib borilgan qazishlar natijasida topilgan moddiy madaniyat buyumlari boshqa hududlardan topilgan ashyoviy buyumlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi tufayli fanda bu madaniyat "Chust madaniyati” degan nom oldi. Chust madaniyati shakllanayotgan davrda butun O’rta Osiyo hududlarida muhim ijtimoiy – iqtisodiy va tarixiy – madaniy o’zgarishlar sodir bo’layotgan edi. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu o’zgarishlar Yenisey va Ural daryolari oralig’ida yashagan aholi ( Andronov madaniyati ) hamda Volga va Don daryolari oralig’ida yashagan ko’chmanchi chorvadorlarning ( Srubnaya – Yog’ochband ) kirib kelishi bilan ham bog’liq edi. Bronza davrida shimoldan kelgan qabilalar O’rta Osiyoning mahalliy aholisi bilan aralashib ketadi. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning shimolidagi aholisining bir qismi janubga tomon ko’chadi. Shimolda qolgan guruhlar esa tog’oldi hududlaridagi soy va buloq bo’ylarini, daryolar havzalarini o’zlashtirib, sug’orilishi qulay bo’lgan hududlarda sug’orma dexqonchilikka o’ta boshlaydilar. Shu tariqa mil. avv. II ming yillikning oxiri – I ming yillikning boshlariga kelib O’rta Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlarida qadimgi dexqonchilik markazlari shakllanadi. Chust madaniyatiga oid manzilgohlar o’rganilishi boshlangandan buyon ushbu madaniyatning xronologiyasi bronza davri bilan sanalgan edi.


   





Категория: tarix | Добавил: admin (04.12.2010)
Просмотров: 4831 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Акио Ютсука Акихиро Мива Джейми Фокс Сергей Безруков Уилл Смит Эдриан Броуди Шэрон Стоун Алан Кинг Адам Голдберг Адриан Ленокс Жан Рено Софи Оконедо Джонни Депп Марион Котийяр Жерар Депардье Адам Лубарски Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл James Pudderhall Аарон Крэвен Айэйн Белчер Kevin DeCristofano Wendy Ov сергей Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Аарон Экхарт Аден Янг Ава Лондон Алекс Арлио Юэн МакГрегор Адам Чанлер-Берат Агос Виджайя Соджарво Marie Hammer Boda Michael Brostrup Nynne Bojsen Джеймс Вудс Nokuthula Ledwaba Sifiso Sihlang Оливье Мартинес адам Carolyn Ratteray Alex Mayzlin Gary L. Taggart Аида Тулебаева Алекс Галпер Орландо Блум Бенедикт Камбербэтч Киану Ривз Кристиан Бэйл Келлан Латс Джон Бернтал Алан Аркин Адриан Мартинес Айзая Мустафа Адам Скотт Стив Карелл Уиллем Дефо Александр Ревва Гарик Харламов Кристина Асмус Hye-eun Kim Kang Min Kyung Sang-hoon Choi джеки чан Rock n Heim System Of A Down The 2013 Billboard Music Awards Джей Барушель Джеймс Франко Сэмюэл Л. Джексон Микки Рурк Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Гвинет Пэлтроу Роберт Дауни мл. Уильям Сэдлер Августин Фриззелл Beyonce - I Am World Tour 2010 Frank Michael Pretzel Айс Кьюб А Ин Пак Christopher Jordan Lee Shawn Robidoux 8 серия Game of Thrones 4 Айзек Хэмпстед-Рай Дмитрий Нагиев Дмитрий Назаров гари олдман Грэм Грин Ажаруддин Мохаммед Абхишек Баччан Адитья Панчоли Айшвария Рай Адити Рао Хидари Акшай Кумар Адитья Шривастав Arush Bhiwandiwala Deven Bhojani Inaamulhaq Kanika Tiwari Madhurjeet Sarghi Hitanshu Lodhia Jeetpal Sachin Karekar Адиль Хуссэйн Аджит Вачани Абхай Деол Адитья Рой Капур Аакрути Kummy Dhillon Аамир Кхан Авни Васа Roohi Berde Азиф Ахмед Автар Гилл DILOROM MIRZAEVA. Nargiza Salmonova UMID ISKANDAROV Avaz Qodirov Dilya Urunova Durdona Mo'minova Sa'ida Rametova Armando Baudin David Allen Gabriel Abreu Richard Anderson Лоренс Фишбёрн Айра Хейден Дима Билан The Stig Адитья Сидху Александр Головин Аза Erdem Ergney Kerem Firtina Mustafa Sevki Dogan Osman Sinav Кэти Кэссиди Адриан Шиллер Арарат Кещян Мария Кожевникова Аделин О’Эрми Джессика Лукас Адити Шарма Chien-lien Wu Kam-Kong Wong Брюс Уиллис Адевале Акинойе-Агбаже Брайан Кокс Джоан Аллен Карл Урбан Кори Джонсон Эдвард Нортон Хьюго Уивинг Хэролд Перрино Талиса Сото Джеймс Римар Алекс Паунович Каспер Ван Дин Элайджа Вуд Шон Бин Энди Серкис Chen-yu Chang Hsiao-lung Shi Jen-Kuei Hui Wen-kuei Hui Yu-yen Huang Кристофер Ллойд Элизабет Шу але джим керри Эрик Робертс Аким Шир Алан Тьюдик jahongir poziljonov Sanjar Shodiev Sobir Otajonov Tolib Mo'minov Jumadilla Rametov Muhammadiso Abdulhayirov Saida Rametova Shukrullo Isroilov Tolib Mo’minov Zarina Nizomiddinova Колин Фаррелл Шон Майкл Damien Amey Billy Choi Aziz Umurzoqov Begzod Allaniyazov Bobur Yo'ldoshev Doniyor Hapizov Go'zal Daliyeva Kupjursin Allanazarov Mirzagul Sapayeva Nargiza Allasheva Адам Саундерс ал Hojiboy Tojiboyev Mirza QVZ Handalak Арнольд Шварценеггер Celeste Henderson Kate Higgins Адитья Лакхия Pedro Duarte Barno Qodirova Muhammadali Abduqunduzov Muyassar Berdiqulova Nargiza Rahimova Saida Saidbekova Suhrob Xasanov Qah - Qaha Пол Уокер Вин Дизель джордана брюстер Мэтт Шульце Тайриз Гибсон Лудакрис Санг Кенг Дуэйн Джонсон Бонни Беделиа Алан Рикман Айми Гарсиа Дэнни Гловер Макс Райан Николас Кейдж Кэмерон Диаз Эдди Мерфи Антонио Бандерас Thomas Bonsang Алек Утгофф tas ix million Million Jamoasi 2014 qvz 2014 Kwang-Hee Hwang 30 серия Kaçak Айзиа Фредерикс Айлин Эткинс Alisher Uzoqov DAVRON ZAYNUDDINOV MUHAMMAD ISO ABDULHAIROV SHOXRUX ISMOILOV ABDUHAKIM TOSHTEMIROV DILNOZA UMIROVA ERKIN KOMILOV GULBAHOR YULDOSHEVA RANO BORONOVA RAYHON ULYASENOVA YOQUBJON AHMEDOV Сирша Ронан Michael Reinero tas-ix Qaytar Dunyo Uy bekasi Абдухаким Тоштемирова Ayse Melike Çerçi Kayhan Yildizoglu Levent Ökt Sang-uk Ju Annick Christiaens Paul GRANIER Rose Caprais Sweet Alibis Tsu-yun Lang Алек Су Адриана Угарте Алекс Гонсалес Аарон Пол Kyal Rankine Marley Smith Аида Туртурро RZA Аиша Исса Джуд Лоу Адам Бич Johnny Baker Адж Уилсон МакФол Адриэн Мишлер Afrim Gjonbalaj Аарон Тейлор-Джонсон kino o/zbek uzbek Ajab Bo'libdi Salom Natasha 5 сезон Game of Thrones
статистикастатистика