Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » Статьи » tarix

Qadimiy qog‘ozning yangi shuhrati
Qadimiy qog‘ozning yangi shuhrati
O‘zA, V.Luqmonov, G‘.Hasanov – Samarqand nafaqat dunyo ilm-faniga mislsiz hissa qo‘shgan allomalari, ko‘hna obidalari, betakror osori atiqalari, balki yer yuzining boshqa biror joyida o‘xshashi yo‘q noni, qog‘ozi bilan ham shuhrat qozongan.

Bu yerda ming yillar davomida – VIII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha o‘simlik tolasi va mato xomashyosidan turli xil yozuv qog‘ozlari tayyorlab kelingan. Bu qog‘ozlar asta-sekin pergament, yog‘och po‘stlog‘i, papirus singari yozuv ashyolari o‘rnini egallagan. 

VIII asr va IX asrning birinchi yarmida Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha Yaqin va O‘rta Sharqda yagona yirik markaz bo‘lgani tarixdan ma’lum. 1933 yilda Murg‘ tog‘ida olib borilgan qazishmalar chog‘ida VIII asrda qog‘ozga yozilgan hujjatlar topilgan. Samarqand qog‘ozi o‘rta asrlarda nafaqat Sharq bozorlari, balki G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. 

Al-Xorazmiy do‘stiga yozgan bir maktubida Samarqanddan ancha olisda yashashini, shu bois qog‘oz unga juda qimmatli ekanini aytadi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham "Boburnoma”da, "Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddan chiqar”, deya e’tirof etgan. 

Bugun – qog‘oz sanoati yuksak darajada rivojlangan bir paytda samarqandlik hunarmandlar ota-bobolaridan meros ana shu an’anani davom ettirmoqda. Samarqand tumanidagi Konigil qishlog‘ida yashovchi Zarif Muxtorov o‘n yilcha ilgari qadimiy uslubda qog‘oz tayyorlash borasidagi izlanishlarni boshlagan edi. Tarixiy manbalarni o‘qib-o‘rgangan, keksa hunarmandlardan maslahat olgan Z.Muxtorov nihoyat ko‘hna usulda tut po‘stlog‘idan pishiq va nafis qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 

– Tut po‘stlog‘i qog‘oz holiga kelguncha bir qancha bosqichdan o‘tadi, – deydi "Konigilmeros” ishlab chiqarish firmasi rahbari Zarif Muxtorov. – Avval tut novdalaridan po‘stlog‘i ajratib olinadi, so‘ng uni yuvib, quritiladi. Bunda hamma ish qo‘lda, po‘stloqni maydalash esa suv tegirmonida bajariladi. Keyin turli hajmdagi qog‘ozni qoliplarga quyib olamiz. Novdalarning ezilgan tolalari bir-biriga chuvalashgach, suvi silqitib olinadi. Qarabsizki, qog‘oz tayyor. Bugungi kunda ushbu qog‘ozdan turli taklifnoma va taqvimlar tayyorlayapmiz. Mahsulotlarimizga yurtimizdagi ko‘pgina sayyohlik firmalari, hatto xorijiy kompaniyalar ham buyurtma berayotir. 

– Samarqandning betakror tarixiy obidalarini tomosha qilish, go‘zal tabiatidan bahramand bo‘lish niyatida bu yerga keldik, – deydi germaniyalik sayyoh Gerbert Klod. – Ayniqsa, qadimiy usulda qog‘oz ishlab chiqarilishini ko‘rib, hayratda qoldik. Aytishlaricha, bu qog‘oz ikki ming yilgacha beziyon saqlanar ekan. 

Konigil qadimdan usta hunarmandlar maskani. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta asrlarda Siyob arig‘i bo‘yida minglab tegirmon bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligida don va yog‘ qayta ishlangan bo‘lsa, 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda tayyorlangan qog‘ozlarni dunyoning turli burchaklaridan kelib xarid qilganlar. 

Samarqand qog‘ozlari oq halqa ko‘rinishida o‘z markasi – suv belgilariga ega bo‘lgan. Uni ana shu belgi ostida XVI asrda samarqandlik usta Mir Ibrohim tayyorlagan. Bu qog‘ozlar Markaziy Osiyoda shu kunga qadar ustaning nomi bilan "Mir Ibrohim qog‘ozi” deb ataladi.

Zarif Muxtorov ana shu an’analarni munosib davom ettirib, Samarqand qog‘ozining qadimiy shuhratini tiklashga astoydil harakat qilmoqda.
© O`zA. Materiallardan foydalanilganda manba ko`rsatilishi shart.



Категория: tarix | Добавил: admin (19.08.2010)
Просмотров: 1515 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Акио Ютсука Акихиро Мива Джейми Фокс Сергей Безруков Уилл Смит Эдриан Броуди Шэрон Стоун Алан Кинг Адам Голдберг Адриан Ленокс Жан Рено Софи Оконедо Джонни Депп Марион Котийяр Жерар Депардье Адам Лубарски Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл James Pudderhall Аарон Крэвен Айэйн Белчер Kevin DeCristofano Wendy Ov сергей Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Аарон Экхарт Аден Янг Ава Лондон Алекс Арлио Юэн МакГрегор Адам Чанлер-Берат Агос Виджайя Соджарво Marie Hammer Boda Michael Brostrup Nynne Bojsen Джеймс Вудс Nokuthula Ledwaba Sifiso Sihlang Оливье Мартинес адам Carolyn Ratteray Alex Mayzlin Gary L. Taggart Аида Тулебаева Алекс Галпер Орландо Блум Бенедикт Камбербэтч Киану Ривз Кристиан Бэйл Келлан Латс Джон Бернтал Алан Аркин Адриан Мартинес Айзая Мустафа Адам Скотт Стив Карелл Уиллем Дефо Александр Ревва Гарик Харламов Кристина Асмус Hye-eun Kim Kang Min Kyung Sang-hoon Choi джеки чан Rock n Heim System Of A Down The 2013 Billboard Music Awards Джей Барушель Джеймс Франко Сэмюэл Л. Джексон Микки Рурк Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Гвинет Пэлтроу Роберт Дауни мл. Уильям Сэдлер Августин Фриззелл Beyonce - I Am World Tour 2010 Frank Michael Pretzel Айс Кьюб А Ин Пак Christopher Jordan Lee Shawn Robidoux 8 серия Game of Thrones 4 Айзек Хэмпстед-Рай Дмитрий Нагиев Дмитрий Назаров гари олдман Грэм Грин Ажаруддин Мохаммед Абхишек Баччан Адитья Панчоли Айшвария Рай Адити Рао Хидари Акшай Кумар Адитья Шривастав Arush Bhiwandiwala Deven Bhojani Inaamulhaq Kanika Tiwari Madhurjeet Sarghi Hitanshu Lodhia Jeetpal Sachin Karekar Адиль Хуссэйн Аджит Вачани Абхай Деол Адитья Рой Капур Аакрути Kummy Dhillon Аамир Кхан Авни Васа Roohi Berde Азиф Ахмед Автар Гилл DILOROM MIRZAEVA. Nargiza Salmonova UMID ISKANDAROV Avaz Qodirov Dilya Urunova Durdona Mo'minova Sa'ida Rametova Armando Baudin David Allen Gabriel Abreu Richard Anderson Лоренс Фишбёрн Айра Хейден Дима Билан The Stig Адитья Сидху Александр Головин Аза Erdem Ergney Kerem Firtina Mustafa Sevki Dogan Osman Sinav Кэти Кэссиди Адриан Шиллер Арарат Кещян Мария Кожевникова Аделин О’Эрми Джессика Лукас Адити Шарма Chien-lien Wu Kam-Kong Wong Брюс Уиллис Адевале Акинойе-Агбаже Брайан Кокс Джоан Аллен Карл Урбан Кори Джонсон Эдвард Нортон Хьюго Уивинг Хэролд Перрино Талиса Сото Джеймс Римар Алекс Паунович Каспер Ван Дин Элайджа Вуд Шон Бин Энди Серкис Chen-yu Chang Hsiao-lung Shi Jen-Kuei Hui Wen-kuei Hui Yu-yen Huang Кристофер Ллойд Элизабет Шу але джим керри Эрик Робертс Аким Шир Алан Тьюдик jahongir poziljonov Sanjar Shodiev Sobir Otajonov Tolib Mo'minov Jumadilla Rametov Muhammadiso Abdulhayirov Saida Rametova Shukrullo Isroilov Tolib Mo’minov Zarina Nizomiddinova Колин Фаррелл Шон Майкл Damien Amey Billy Choi Aziz Umurzoqov Begzod Allaniyazov Bobur Yo'ldoshev Doniyor Hapizov Go'zal Daliyeva Kupjursin Allanazarov Mirzagul Sapayeva Nargiza Allasheva Адам Саундерс ал Hojiboy Tojiboyev Mirza QVZ Handalak Арнольд Шварценеггер Celeste Henderson Kate Higgins Адитья Лакхия Pedro Duarte Barno Qodirova Muhammadali Abduqunduzov Muyassar Berdiqulova Nargiza Rahimova Saida Saidbekova Suhrob Xasanov Qah - Qaha Пол Уокер Вин Дизель джордана брюстер Мэтт Шульце Тайриз Гибсон Лудакрис Санг Кенг Дуэйн Джонсон Бонни Беделиа Алан Рикман Айми Гарсиа Дэнни Гловер Макс Райан Николас Кейдж Кэмерон Диаз Эдди Мерфи Антонио Бандерас Thomas Bonsang Алек Утгофф tas ix million Million Jamoasi 2014 qvz 2014 Kwang-Hee Hwang 30 серия Kaçak Айзиа Фредерикс Айлин Эткинс Alisher Uzoqov DAVRON ZAYNUDDINOV MUHAMMAD ISO ABDULHAIROV SHOXRUX ISMOILOV ABDUHAKIM TOSHTEMIROV DILNOZA UMIROVA ERKIN KOMILOV GULBAHOR YULDOSHEVA RANO BORONOVA RAYHON ULYASENOVA YOQUBJON AHMEDOV Сирша Ронан Michael Reinero tas-ix Qaytar Dunyo Uy bekasi Абдухаким Тоштемирова Ayse Melike Çerçi Kayhan Yildizoglu Levent Ökt Sang-uk Ju Annick Christiaens Paul GRANIER Rose Caprais Sweet Alibis Tsu-yun Lang Алек Су Адриана Угарте Алекс Гонсалес Аарон Пол Kyal Rankine Marley Smith Аида Туртурро RZA Аиша Исса Джуд Лоу Адам Бич Johnny Baker Адж Уилсон МакФол Адриэн Мишлер Afrim Gjonbalaj Аарон Тейлор-Джонсон kino o/zbek uzbek Ajab Bo'libdi Salom Natasha 5 сезон Game of Thrones
статистикастатистика