Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa)
Meshpolvon to‘g‘risida oltiariqliklar juda ko‘p hangomalar aytib yurishadi. Bularni eshitmabsiz,
dunyoga kelmabsiz. Lekin, shunisiyam borki, uning g‘aroyib kechinmalarini birov undoq ta’riflasa,
boshqasi: «Yo‘q, aslida bundoq bo‘lgan», deydi.