Said Ahmad "G'ildirak" hajviy qissa
Bozorboy Oxunovich har kuni ishga ketar oldidan bugungi gazetaga bir ko‘z tashlab olishga odatlangandi. Ilgarilari bunaqa odati yo‘q edi. Umuman, gazeta o‘qimasdi. Keyingi paytlarda gazetada uriladiganlarning aksari Bozorboy Oxunovich ishlaydigan sohaning kishilari edi. U har kuni ertalab yostiqdan bosh ko‘tarar ekan, bugun kim urildi ekan, deb o‘ziga tanish kishilarning qiyofasini bir-bir ko‘z oldiga keltirardi.