Bu qissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard
bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu
qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan
butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla
chavandozchasiga aytar bo‘lsak... uloq Tog‘ay Murodda ketdi!