Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » 2010 » Июнь » 28 » Futurologiya: tarix, bugun va kelajak
14:15
Futurologiya: tarix, bugun va kelajak
Kelajak o‘ziga ehtiyotkor munosabat talab qiladi.
O.Toffler

Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohla ydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo‘lgandan beri mavjud. Shu yo‘lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo‘lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo‘lishga uringanlar. Kelajakka bo‘lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi. Bu yo‘lda folbinlar, munajjimlar faoliyat ko‘rsatgan. Antik adabiyotni kuzatadigan bo‘lsak ham voqealarni oldindan bilishga bo‘lgan harakatlarni yaqqol ko‘ramiz. Sofoklning «Shoh Edip» asarini olib ko‘raylik. Unda yangi tug‘ilgan chaqaloqning taqdiri aytib beriladi va bu bashorat oxir-oqibat yuzaga chiqadi. 


Bugungi kun odamini ham kelajak qiziqtiradi. Lekin bu jarayon anchagina ilmiy tus olib, fan sifatida shakllangan. Ilmiy bashorat qilishni yaqin o‘tmishning mevasi desak, xato qilamiz. Uning ildizlari ancha chuqur tomir otgan. Bir xitoy mutafakkiridan shogirdi so‘ragan ekan: 

- Kelajakni oldindan bilib bo‘ladimi? Men bunga shubha qilaman.

Shunda ustoz javob beribdi:

- Tasavvur qil, sening uzoqdagi bir do‘sting kasal. Ikkita ot turibdi. Biri ozg‘in, uzoq yo‘lga chidamaydi. Ikkinchisi baquvvat, yaxshi yem yegan, uzoq yo‘lga yaroqli. Qay birini minasan?

- Albatta, ikkinchisini.

- Unda nega kelajakni oldindan bilib bo‘lmaydi deyapsan?!

Darhaqiqat, kelajak bugunning davomi, bugunning mahsulidir. Uni o‘zimiz yaratamiz. Bugun nafaqat oddiy odamlar hayotida, balki davlatlarning uzoq vaqtga mo‘ljallangan siyosati, uzoq vaqtlik dasturlarida ilmiy prognozlash (asoslash) juda ahamiyatli ekanidan xabaringiz bor.

«Futurologiya» termini lotincha «futurum» - «kelajak» va yunoncha «logos» - «fan» so‘zlaridan olingan bo‘lib, kelajakni ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan, xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) yo‘li bilan mavjud texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy holatni tahlil qilgan holda oldindan aytib berishga harakat qiladi. 

O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida yozilishicha, futurologiya ikki yo‘nalishda shakl­langan. Birinchi yo‘nalish - ekologik pessimizm tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, ikkinchi yo‘nalish - ilmiy-texnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat tsiviliza­tsiyasini saqlab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.

«Futurologiya» terminini sotsiolog Osip Flektxaym fanga kiritgan. U 1943 yili do‘sti, olimlardan biri Oldosu Xaksliga yozgan xatida ushbu terminni ishlatish tashabbusi bilan chiqadi va Xaksli buni ma'qullaydi.

Birinchi ilmiy bashorat qilishga urinishlar XIX asr oxirida paydo bo‘lib, Geogr Ermanning «Germaniya 2000da» (1891), Ivan Blionning «Kelajakdagi urush va ularning iqtisodiy oqibatlari» (1897), Gyustav de Molinarining «Kelajakdagi jamiyatni siyosiy va iqtisodiy tashkil qilishning xomaki chizmasi» (1899), «Gerbert Uellsning «Oldindan ­zavqlanish» (1901) kabi asarlar yaratilgan.

«Futurolog» atamasi mo‘jizaviy tarzda bashorat qilishni bildirmaydi, balki mavjud voqelikning taraqqiy qilish darajasi, tezligi, o‘zgarishlarning oqibatlarini tahlil qilib o‘rganadi. Hozirda futurolog sifatida tan olingan olimlar bor. Ular asosan texnologik an'analarni o‘zlashtirgan va o‘z kitoblarida kuzatish natijalari, fikr va xulosalari, bashoratlarini keltirib o‘tishgan. Shunday mutaxassislardan biri Olvin Tofflerdir. Uning «Madaniyat iste'molchilari», «Uchinchi to‘lqin nazariyasi», «Kelajak bilan to‘qnashuv» kabi asarlari mashhur.

O.Tofflerning «Kelajak bilan to‘qnashuv» kitobi 1970 yillarda yozilgan bo‘lishiga qaramay haligacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bu asarda yaqin kelajakda insoniyat hayotida kechadigan o‘zgarishlar va ularning oqibatlari haqida so‘z boradi. Mavjud voqelik asosida xulosa chiqarilgan. «Evrilishlar ayni hayotning o‘zi demakdir. Ammo quyushqonni tark etib erkinlikka chiqib olgan o‘zgarishlar jilovlab bo‘lmaydigan va boshqarishga ko‘nmaydigan, borgan sari tezlashib boruvchi va insonning nafaqat jismoniy, balki qaror qabul qilishdagi psixologik mexanizmlarini ham barbod qiluvchi, hayotga yot, insonga dushman hodisalardir».

Jamiyatimizda yuz berayotgan va yuz bermoqchi bo‘layotgan yangiliklar, biz ko‘rib turgan dunyoni butunlay ostin-ustun qilib tashlaydi. Toffler yashash sur'atining tezlashishini bashorat qilar ekan, ma'lum bo‘lgan, butundunyo shaharlashuv jarayoni, ishlab chiqarishning o‘sishi, yangidan-yangi iste'mol buyumlarining ko‘payishi kabi ma'lum faktlarga tayanadi.

Olim Kurt Karem «Biz yigirmanchi asr odamlari insoniyat tarixida besh ming yil davom etgan bir davrni xotimalaymiz» deydi. Kennet Boulding esa XX asr tarixdagi eng muhim burilish nuqtasi ekanini isbot qilar ekan, shunday deydi: «Bugungi dunyo... men tug‘ilib ko‘z ochgan dunyodan tubdan farq qiladi. Bu farq men tug‘ilgan dunyo bilan Yuliy Sezar dunyosi o‘rtasidagi farqdan kam emas. Agar insoniyat tarixiga bugungi kun nuqtai nazaridan qarasak, men bu tarixning qoq o‘rtasida tug‘ilganman, desak bo‘ladi. Dunyoga kelmasimdan oldin qancha hodisotlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, men tug‘ilgandan beri shuncha hodisot o‘tdi». 

XXI asrga kelib esa hodisalarning ro‘y berish sur'ati, jarayonlarning uzluksiz ravishda kechishini kuzatayapmiz. Axborot olish va axborot uzatishning yanada osonlashishi, internetning kirib kelishi, uyali aloqaning keng tarqalishi, masofalarni pisand qilmayapti. 

Olvin Toffler «Oson almashtirsa bo‘ladigan inson» iborasini ishlatadi. Bu borada psixolog Kortni Tolning fikri e'tiborga loyiq: «Uncha ko‘p bo‘lmagan odamlar bilan yaqin munosabatlarga asoslanadigan barqarorlik samarasiz bo‘lib chiqadi... Harakatchanlikning bundan keyingi kuchayishi va odamlarning o‘zaro juda tez do‘stlik o‘rnatish qobiliyati hamda shu qadar tez uni to‘xtatib qo‘yish yoki shunchaki unutish shunga olib keladiki, kelajakda o‘tmish uchun xarakterli bo‘lgan bir nechta ko‘p yillik do‘stona munosabatlar o‘rnini ko‘pgina qisqa muddatli do‘stlik aloqalari egallaydi». 

Bu bashorat bugungi kunda ro‘yobga chiqdi. Internet saytlarida siz o‘zingizga osongina do‘st topasiz, bugun u bilan virtual olamda dildan gaplashasiz, do‘st tutinasiz, lekin ertaga u bilan gaplashishning imkoni yo‘q. Shu bois insonning inson oldidagi qadri yo‘q, munosabatlar mo‘rt.

Insonning inson oldidagi qadri yo‘qolishini buyumlarning qadrsizligi bilan izohlash mumkin. Masalan, har bir inson oxirgi chiqqan telefonni sotib olgisi keladi. Chunki bunisi oldingidan yaxshi, uning funktsiyalarida ko‘proq qulayliklar mavjud. Shunday qilib, eski telefonning qadri yo‘qoladi (garchi uni biror yaqin odamimiz sovg‘a qilgan bo‘lsa ham).

 Shuningdek, bir marta foydalanish mumkin bo‘lgan idishlarning ko‘payishi chaqaloqlarning bir martalik tagliklari, konserva qutilari, saqich qog‘ozlari, yangidan-yangi kiyimlarning modaga chiqishi buyumlarga bo‘lgan sovuq munosabatni shakllantiradi. Kelajakda esa buyumlarning ahamiyatsizligi kuzatiladi.

Olvin Toffler hayotning sur'ati tezlashishini bashorat qilar ekan, Frantsiyadagi bistro(an'anaviy taomxona)larning yo‘qolishi va fast-fudlarning ko‘payishi bilan izohlaydi. Ya'ni, ilgari frantsuzlar ochiq havodagi bistroga kirib, bir-ikki soat bemalol ovqatlanishardi, endi ular fast-fud deb ataladigan jo‘ngina peshtaxta oldida tik oyoqda sutli kokteylni yutib, yana chiqib ketaveradi. 

 Odamlar ovqatlanish uchun ham kam vaqt sarflashiga to‘g‘ri kelyapti. «Rolton», «Big Bon» kabi tez tayyor bo‘luvchi ovqatlar bunga misoldir.

Aytish mumkinki, O.Tofflerning ilmiy bashoratlari to‘g‘riligi isbotlanmoqda.

Kelajakda insonning boylikka, moddiylikka bo‘lgan munosabati ham o‘zgarishi kutilmoqda. «Intellektual mulk hamma moddiy boyliklardan ustun bo‘ladi. Inson qandaydir moddiy manbaga ega bo‘lmagan holda jahd qilib boylik yaratadi», deydi Toffler.

Insoniyat yaqin kelajakda axborot oqimining kuchaygan to‘lqinlari orasida qolishi kutilmoqda. Mutaxassis Robert Xilyard quyidagi hisob-kitobni keltiradi: «Hozirgi sur'atlar saqlanib qoladigan bo‘lsa, bugun tug‘ilgan go‘dak kollejni tugatayotgan paytda mavjud axborotning hajmi to‘rt baravar ko‘payadi, u ellik yoshga to‘lganda esa bilimlar miqdori 32 martaga oshadi. Buning ma'nosi shuki, jamiki inson bilimlarining 97 foizi go‘dak tug‘ilgandan keyin dunyoga keladi».

Bugun axborot omili va uzatish shu qadar osonlashganki, kompyuter qarshisida o‘tirib, dunyoning qay burchagida qanday voqea sodir bo‘layotganini bilish mumkin. Qadimda ham voqealar yuz bergan, lekin uni bilish imkoni mavjud bo‘lmagan. Masalan, Misr ehromlarining borligini Gerodot o‘z «Tarix» kitobida yozmaguncha, qariyb 2000 yil davomida dunyo bilmagan. Bir so‘z bilan aytganda, kelajak insonga juda ko‘p imkoniyatlarni beradi. 

Sanobar Jumanova, 
«Ma'rifat» gazetasidan olindi.

Категория: tarix | Просмотров: 1587 | Добавил: admin | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Акио Ютсука Акихиро Мива Джейми Фокс Сергей Безруков Уилл Смит Эдриан Броуди Шэрон Стоун Алан Кинг Адам Голдберг Адриан Ленокс Жан Рено Софи Оконедо Джонни Депп Марион Котийяр Жерар Депардье Адам Лубарски Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл James Pudderhall Аарон Крэвен Айэйн Белчер Kevin DeCristofano Wendy Ov сергей Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Аарон Экхарт Аден Янг Ава Лондон Алекс Арлио Юэн МакГрегор Адам Чанлер-Берат Агос Виджайя Соджарво Marie Hammer Boda Michael Brostrup Nynne Bojsen Джеймс Вудс Nokuthula Ledwaba Sifiso Sihlang Оливье Мартинес адам Carolyn Ratteray Alex Mayzlin Gary L. Taggart Аида Тулебаева Алекс Галпер Орландо Блум Бенедикт Камбербэтч Киану Ривз Кристиан Бэйл Келлан Латс Джон Бернтал Алан Аркин Адриан Мартинес Айзая Мустафа Адам Скотт Стив Карелл Уиллем Дефо Александр Ревва Гарик Харламов Кристина Асмус Hye-eun Kim Kang Min Kyung Sang-hoon Choi джеки чан Rock n Heim System Of A Down The 2013 Billboard Music Awards Джей Барушель Джеймс Франко Сэмюэл Л. Джексон Микки Рурк Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Гвинет Пэлтроу Роберт Дауни мл. Уильям Сэдлер Августин Фриззелл Beyonce - I Am World Tour 2010 Frank Michael Pretzel Айс Кьюб А Ин Пак Christopher Jordan Lee Shawn Robidoux 8 серия Game of Thrones 4 Айзек Хэмпстед-Рай Дмитрий Нагиев Дмитрий Назаров гари олдман Грэм Грин Ажаруддин Мохаммед Абхишек Баччан Адитья Панчоли Айшвария Рай Адити Рао Хидари Акшай Кумар Адитья Шривастав Arush Bhiwandiwala Deven Bhojani Inaamulhaq Kanika Tiwari Madhurjeet Sarghi Hitanshu Lodhia Jeetpal Sachin Karekar Адиль Хуссэйн Аджит Вачани Абхай Деол Адитья Рой Капур Аакрути Kummy Dhillon Аамир Кхан Авни Васа Roohi Berde Азиф Ахмед Автар Гилл DILOROM MIRZAEVA. Nargiza Salmonova UMID ISKANDAROV Avaz Qodirov Dilya Urunova Durdona Mo'minova Sa'ida Rametova Armando Baudin David Allen Gabriel Abreu Richard Anderson Лоренс Фишбёрн Айра Хейден Дима Билан The Stig Адитья Сидху Александр Головин Аза Erdem Ergney Kerem Firtina Mustafa Sevki Dogan Osman Sinav Кэти Кэссиди Адриан Шиллер Арарат Кещян Мария Кожевникова Аделин О’Эрми Джессика Лукас Адити Шарма Chien-lien Wu Kam-Kong Wong Брюс Уиллис Адевале Акинойе-Агбаже Брайан Кокс Джоан Аллен Карл Урбан Кори Джонсон Эдвард Нортон Хьюго Уивинг Хэролд Перрино Талиса Сото Джеймс Римар Алекс Паунович Каспер Ван Дин Элайджа Вуд Шон Бин Энди Серкис Chen-yu Chang Hsiao-lung Shi Jen-Kuei Hui Wen-kuei Hui Yu-yen Huang Кристофер Ллойд Элизабет Шу але джим керри Эрик Робертс Аким Шир Алан Тьюдик jahongir poziljonov Sanjar Shodiev Sobir Otajonov Tolib Mo'minov Jumadilla Rametov Muhammadiso Abdulhayirov Saida Rametova Shukrullo Isroilov Tolib Mo’minov Zarina Nizomiddinova Колин Фаррелл Шон Майкл Damien Amey Billy Choi Aziz Umurzoqov Begzod Allaniyazov Bobur Yo'ldoshev Doniyor Hapizov Go'zal Daliyeva Kupjursin Allanazarov Mirzagul Sapayeva Nargiza Allasheva Адам Саундерс ал Hojiboy Tojiboyev Mirza QVZ Handalak Арнольд Шварценеггер Celeste Henderson Kate Higgins Адитья Лакхия Pedro Duarte Barno Qodirova Muhammadali Abduqunduzov Muyassar Berdiqulova Nargiza Rahimova Saida Saidbekova Suhrob Xasanov Qah - Qaha Пол Уокер Вин Дизель джордана брюстер Мэтт Шульце Тайриз Гибсон Лудакрис Санг Кенг Дуэйн Джонсон Бонни Беделиа Алан Рикман Айми Гарсиа Дэнни Гловер Макс Райан Николас Кейдж Кэмерон Диаз Эдди Мерфи Антонио Бандерас Thomas Bonsang Алек Утгофф tas ix million Million Jamoasi 2014 qvz 2014 Kwang-Hee Hwang 30 серия Kaçak Айзиа Фредерикс Айлин Эткинс Alisher Uzoqov DAVRON ZAYNUDDINOV MUHAMMAD ISO ABDULHAIROV SHOXRUX ISMOILOV ABDUHAKIM TOSHTEMIROV DILNOZA UMIROVA ERKIN KOMILOV GULBAHOR YULDOSHEVA RANO BORONOVA RAYHON ULYASENOVA YOQUBJON AHMEDOV Сирша Ронан Michael Reinero tas-ix Qaytar Dunyo Uy bekasi Абдухаким Тоштемирова Ayse Melike Çerçi Kayhan Yildizoglu Levent Ökt Sang-uk Ju Annick Christiaens Paul GRANIER Rose Caprais Sweet Alibis Tsu-yun Lang Алек Су Адриана Угарте Алекс Гонсалес Аарон Пол Kyal Rankine Marley Smith Аида Туртурро RZA Аиша Исса Джуд Лоу Адам Бич Johnny Baker Адж Уилсон МакФол Адриэн Мишлер Afrim Gjonbalaj Аарон Тейлор-Джонсон kino o/zbek uzbek Ajab Bo'libdi Salom Natasha 5 сезон Game of Thrones
статистикастатистика