Поиск
Форма входа
Radio Tas-iX

Для выбора радио используйте кнопки влево и вправо
Мини-чат
Статистика



Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Посетители за сегодня

[Подробная статистика]


Зарегистрированных
Всего:
2718
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Главная » 2010 » Июнь » 28 » “Uchburchak inshootlar”: insoniyat mahsulimi yoki...
14:03
“Uchburchak inshootlar”: insoniyat mahsulimi yoki...

«Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar vaqtdan qo‘rqadi, vaqtning o‘zi esa - piramidalardan», degan ibora bor. Darhaqiqat, qancha suvlar oqib o‘tmasin, qancha asrlar hukmronlik qilmasin, bahaybat toshli osori atiqalar hali hamon ilk davridagiday Yer yuzida savlat to‘kib turibdi. Va hanuzgacha ular insoniyat uchun jumboqligicha qolmoqda. Ba'zilar ularni o‘tmish tsivilizatsiyalarining yashirin nomalari, yana birlari piramidalarni o‘zga sayyoraliklarning «ijod mahsuli» deyishsa, qolganlar ushbu ulkan mo‘jizalarning paydo bo‘lish tarixini afsonaviy Atlantida bilan bog‘lashga harakat qilishadi. 


 Xo‘sh, mazkur taxminlarning qay biri haqiqatga yaqin? Keling, hammasini bir boshdan boshlaylik.  

 Misr sir-asrori

Uzoq paytlar davomida bu hayratlanarli qurilmalar tsivilizatsiyasi miloddan avvalgi III asrdan I asrgacha davom etgan qadimgi misrliklar tomonidan barpo etilgan deb rasmiy ravishda ta'kidlanib kelinardi. Endilikda esa mazkur nuqtai nazar ko‘plab mutaxassislarda jiddiy shubhalarni uyg‘otmoqda. Negaki, bu katta xarsang toshlar bir-biriga shunchalik mukammal yotqizilganki, ularning orasiga tig‘ ham kirmaydi, eng katta Xeops piramidasining qirralari dunyo tomonlariga to‘g‘rilab 0,1 foiz aniqlik bilan qurilgan.  

Tadqiqotchilar fikricha, oddiy insonlarning bunchalik aniqlik bilan inshootlarni qurishiga ishonish qiyin. Shuning uchun hozirda ilgari surilayotgan ilmiy farazlarning biriga ko‘ra, piramidalar Yer yuzida 8-10 ming yil oldingi yuqori darajada taraqqiy etgan tsivilizatsiya davrida qad ko‘targan. E'tiborlisi, farazlarga ko‘ra, o‘sha davrda Misr sahrosi iqlimi nam tropik o‘lka bo‘lgan va mazkur hududda yomg‘ir juda ko‘p yoqqan. Yuqoridagi taxmin olimlarning sinchkovliklari tufayli vujudga kelgan: ular Buyuk sfinksda odatda sharros yomg‘irlar natijasida yuzaga keladigan vertikal yemirilish holati (eroziya)ni payqashgan, shamol va qum ta'sirida esa gorizontal nurash kuzatiladi. 

Yuqoridagi nazariy farazni dalillovchi yana bir muhim jihat bor: piramidalar vodiysining kosmosdagi fotosuratida tadqiqotchilar ikkinchi sfinksning sirtqi ko‘rinishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar - u birinchisining ro‘parasida qad rostlagan bo‘lib, butunlay tuproq ostida qolgan. Mutaxassislar zodagon ayol siymosini o‘zida ifodalagan deya taxmin qilinayotgan ushbu qurilish namunasi uzoq o‘tmishda qulagan bo‘lishi kerak. Taxminlarga qazish ishlari yakunlanganidan so‘ng aniqlik kiritiladi deyiladi astrolab.su saytida. 

Xitoy piramidalari

«Biz ularga sharqiy tomondan yaqinlashdik va shimoliy tarafda qad rostlagan uchta yirik piramidani ko‘rdik, qolganlari esa navbatma-navbat hajman kichraygan holda qurilgan bo‘lib, eng pasti janubiy qismda edi. Ular haydalgan yerlar va qishloqlardan baland yuksalib, tekislikda 6-8 mil (44-58 km.) hududgacha cho‘zilgan.

Eng ulkan piramida balandligi taxminan 1000 futga teng edi (bu 3000 metrga yaqin, ya'ni Xeops piramidasidan deyarli ikki barobar baland degani). 

Xitoy piramidasining to‘rt tarafi kompas nuqtalariga mos ravishda aniqlik bilan muvofiqlashtirilgan holda har bir qirrasi dunyo taraflarini ko‘rsatadi. Qora rang shimolni, ko‘kimtir yashil - sharqni, qizil - janubni va oq rang - g‘arbni bildirgan. Uning yuqori qismiga sariq tuproq sepilgan, chetlarida esa qachonlardir tepaga eltuvchi zinalar bo‘lgan.

«Ushbu ajoyib manzarani ko‘rganimda nafasim ichimga tiqilib qolganday bo‘ldi. Biz piramidalarga kirish yo‘lini topish maqsadida ularni aylanib chiqdik, ammo urinishlarimiz zoe ketdi. Tarjimondan piramidalarning «yoshi» to‘g‘risida so‘raganimda u «Hattoki 5 ming yil oldingi o‘tmishimizning eng qadimiy manbalarida ular ko‘hna piramidalar sifatida tilga olingan», deb javob berdi.

O‘tgan asrning boshlarida Mongoliya va Xitoy chegarasini kesib o‘tayotgan avstraliyalik savdogar Fred Shroder Chin o‘lkasi piramidalarini xuddi shunday ta'riflagandi. 

Yevropaliklar Xitoyda yettita piramida borligidan kosmosda suratga olish imkoni tug‘ilgan davrda, aniqrog‘i, XX asrning o‘rtalariga kelibgina xabar topishdi. Ana shunda ular Chin mamlakatining qadimiy poytaxti Sian Fu yaqinida qad ko‘targan haybatli «tosh mo‘jizalarini» ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan. Keyinchalik Yangi zelandiyalik uchuvchi tomonidan topilgan Fred Shroderning kundaliklari va maqolasi yaxlit xarsang toshlardan barpo etilgan qurilmalarga yana jamoatchilik qiziqishining ortishiga sabab bo‘ldi. Hozirda Xitoy hukumati birorta ham tirik jonzot ushbu hududlarga yaqin yo‘lamasligini qattiq nazorat qiladi. Yana bir qiziq ma'lumot: mamlakatning sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga eltuvchi raketalarni uchirish maydonchasi piramidalar majmuiga yaqin joylashgan. Mutaxassislarning fikricha, bu bejizga emas.  

«Fir'avnlar qarg‘ishi»

«Misr hukmdorining maqbarasiga kirgan har bir odam o‘zini o‘limga mahkum etadi» kabi vahimali va mash'um gap-so‘zlar o‘tgan asrdagi arxeologik topilmalardan so‘ng, ayniqsa, keng tarqala boshlagan. Har holda 1922 yili ingliz tadqiqotchisi Govard Karter tomonidan topilgan fir'avn bola - Tutanxamon dahmasiga aynan shu «Fir'avnlar qarg‘ishi» nomi berilgan. O‘shanda ilmiy ekspeditsiyaning ko‘plab ishtirokchilari (20 nafardan ortig‘i) sag‘anadagi ishlardan so‘ng sirli holatlarda birin-ketin halok bo‘lishgan. Hukmdorlar qarg‘ishi faqat Govard Karterga tegmagan, xolos, sababi 1930 yilga kelib ekspeditsiya qatnashchilaridan birgina u hali hayot edi. 

Shundan so‘ng, piramidalar haqida bir biridan vahimali afsonalar to‘qila boshlandi. Biroq 1962 yilning noyabr oyida Qohira universitetining biologiya va meditsina bo‘yicha professori Aziziddin Taxa piramidalarni qazish ishlarida ishtirok etgan odamlarda nafas olish yo‘llari yallig‘lanishini keltirib chiqaruvchi virus aniqlanganligini ma'lum qildi. Fir'avnlar mo‘miyolarini tekshiruvdan o‘tkazgach esa, bu turdagi yana ko‘plab bakteriyalarni topdi, darvoqe, uning fikricha, ushbu zamburug‘larning ba'zilari 4 ming yilgacha ham umrguzaronlik qilishi mumkin ekan. Tadqiqotlardan so‘ng olim «fir'avnlar qarg‘ishi»ga osonlikcha antibiotiklar yordamida barham berish mumkinligini ishonch bilan aytdi. Virus nega bitta Govard Karterga ta'sir etmay qolgan, degan savolga u quyidagicha javob berdi: «Bu tadqiqotchi hammadan ham ko‘p vaqtini piramidalar qad rostlagan Hukmdorlar vodiysida o‘tkazgan. Arxeologik qazilma ishlari davomida u boshqalarga nisbatan o‘sha yerdagi havodan ko‘proq nafas olgan, shu sabab uning organizmida asta-sekinlik bilan bakteriyaga qarshi mustahkam immunitet shakllangan».  

Markaziy Afrikadagi Port-Elizabet shifoxonasida faoliyat yuritgan tibbiyot olimi Joffri Din ko‘p sonli o‘lim holatlariga olib kelgan vaziyatning sababi ko‘rshapalak chiqindilari chirishi natijasida paydo bo‘lgan zaharli zamburug‘ changida ekanligini aytgan. Bunday xulosaga kelishga turtki bo‘lgan voqea shunday ro‘y bergandi: shifokor ishlaydigan kasalxonaga qit'a g‘orlaridagi ko‘rshapalak chiqindilarini o‘rganayotgan geolog Jon Uilz og‘ir ahvolda olib kelinadi. Doktor Din oldin ham bu kabi holatlarga duch kelgandi, chunki Janubiy Amerikada ink qabilalari yashagan g‘orlarni o‘rganishda tadqiqotchilarda Jon Uilzda kuzatilgan kasallik belgilari bo‘lgan. O‘shanda bemorlarda kasallikni keltirib chiqaruvchi va ko‘rshapalaklar chiqindilarida bo‘ladigan gistoplazmolis virusi aniqlangan. Shu tariqa, 1956 yili Joffri Din bu kasallikka «g‘or xastaligi» nomini berdi, bu yo‘l bilan «fir'avnlar qarg‘ishi» voqeasiga nuqta qo‘yishga harakat qildi. Aytgancha, Jon Uilzni u oxir-oqibat sog‘aytirib yubordi, shuningdek, mingyillik tarixga ega kasallikni ham ilmiy asoslab bergan dastlabki insonlardan biriga aylandi.  

Ulardan tashqari qator mutaxassislar qadimda misrliklar o‘zlarining muqaddas qadamjolari, ya'ni maqbaralarga kirib, ularni tahqirlaydigan insonlarga qarshi radioaktiv va boshqa shu kabi turli toksinlar (zaharli moddalar) ishlab chiqqanligi haqida gapirishdan charchashmaydi. Mazkur mavzuga bag‘ishlangan yuzlab, minglab ilmiy tad­qiqot ishlari muntazam ravishda e'lon qilinib boriladi. Qizig‘i shundaki, so‘nggi paytlarda piramidalar umuman Misr hukmdorlarini dafn etish maqsadida qurilmagan degan qarashlar paydo bo‘la boshladi. Ammo bunga biroz keyinroq to‘xtalamiz.  

Mash'um Bermud

Xabaringiz bor, uzoq paytlardan buyon olimlar Bermud uchburchagi, deb nomlangan hududda kema va samolyotlarning g‘oyib bo‘lishi hodisasiga jo‘yali bir izoh topib berisholmayapti. Vaholanki, XX asr ikkinchi yarmining o‘zida bu falokatli joyda 1000 nafardan ortiq inson halok bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumotlar bor (youryoga.org veb sahifasi). Ahvol hattoki o‘tgan asrning 90-yillarida AQSh gidrologik kemasida olib borilgan izlanishlar davomida «uchburchak» tubida ulkan piramida topilganidan so‘ng ham o‘zgarmadi. Ha, ha, ajablanmang. Ushbu qurilma hajmiga ko‘ra Xeops piramidasidan uch barobar katta, uning chetlari shisha yoki sayqallangan sopolga o‘xshash materialdan yasalgan. Eng hayratlanarlisi, piramida qirralari okean tubidagi ob'ektga xos bo‘lmagan tarzda pishiq, ravshan va silliq. U eng zamonaviy uskunalar yordamida tekshirilganda esa, yuzasida birorta ham chig‘ir (yuk ko‘taradigan eng sodda g‘altakli qurilma)lar, ajraluvchi qismlar yoki yoriqlar topilmagan. Xuddiki, piramida bir butun yaxlit xarsang toshdan yasalgandek.

«Uchburchakli qurilmalar ishi» bilan jiddiy shug‘ullanishga qaror qilgan olimlar 2003 yilda okean tubida yana ikkita sirli piramida shaklidagi inshootlarga duch kelishgan. Okeanograf Verlag Mayer maxsus apparatura yordamida ular shishasimon moddadan tashkil topganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Hajman ushbu suv osti piramidalari Yer ustidagilardan bir necha barobar katta bo‘lsa-da, hozirgi taxminlarga ko‘ra, 500 yildan ko‘p bo‘lmagan tarixga ega. Ularni kim va nima uchun qurgani insoniyatning ochilmagan sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Faqat bir narsani aniq aytish mumkin: bu piramidalar yerliklarga hozircha noma'lum texnologiyalar asosida qurilgan. 

Yesoreiter.frc saytida yozilishicha, bir necha yil oldin AQShning dengiz harbiy qidiruv xizmati Bermud uchburchagi hududida suvdan ko‘tarilayotgan NUJlar ko‘p kuzatilishini ma'lum qildi. Bunda oldin bir necha metr diametrdagi gazli yarimsfera hosil bo‘ladi. Uning orasidan noma'lum jism chiqib parvoz qiladi. Aslida Bermud uchburchagidagi g‘ayritabiiylik xususiyat (anomaliya)lari suv ostida ishlab turgan kuchli energetik majmua tufayli kuzatilgani ehtimoldan xoli emas. Bu fikr ham mutaxassislar ilgari surayotgan taxminlardan biridir. Hozirgacha mazkur holat bo‘yicha minglab farazlar o‘rtaga tashlanadi, hududdagi anomal hodisalar borasida har qanday ma'lumot o‘ta maxfiy hisoblanib, e'lon qilinmaydi. AQSh harbiy kuchlari bu tushunarsiz ob'ektlarni kuzatishda bir soniya bo‘lsa-da to‘xtagani yo‘q. Shunga qaramay, «mash'um uchburchak»ning siriga biroz bo‘lsa ham oydinlik kiritishga erishildi, degan qat'iy dalillar berilmayapti.

Yangi tamaddun kurtagimi bu?...  

«Piramidalar - bu fir'avnlar maqbaralari». Mazkur tushunchaga biz tarix darslaridan, sayohat ma'ruzalaridan, umumqabul qilingan ilmiy nazariyaga tayangan holda ega bo‘lganmiz. Biroq ulkan xarsang toshdan barpo etilgan inshootlar umuman boshqa maqsadlarda qurilgan bo‘lsa-chi? Mana, masalan, Rossiya Ilmiy tadqiqotlar milliy instituti xodimi Andrey Verjbitskiy piramidalarni qurishdan ko‘zlangan maqsad yo‘ldoshli antennani yaratish muddaosi bilan bir xil, deya ta'kidlaydi: 

- Mazkur uskunalarning ishlash tamoyili mantiqan bir-biriga juda o‘xshash, - deydi u. - Tarixchi olimlarga tushunarsiz bo‘lgan piramidalarning ichidagi bo‘lmalar, dafn xonalari va go‘yoki yana boshqa turdagi ko‘mish marosimi uchun mo‘ljallangan inshootlar aslida katta hajmdagi to‘lqin uzatkich, shleyf, ulkan rezonator, filtrlar hamda yuqori chastotali texnikada qo‘llaniladigan boshqa jihozlardir.

Tadqiqotchi shu bilan o‘z fikrini yakunlamadi. U piramidalar ulkan sayyoralararo aloqa tizimining tashkiliy qismi bo‘lganligi va ular boshqa sayyorada joylashgan xuddi shunga o‘xshash «terminal» bilan bog‘langan, degan farazni ham o‘rtaga tashlamoqda. Negaki, olis kosmos uchun ishlayotgan antennalar uchun piramida shakli muhandislik nuqtai nazaridan olingan o‘ta aqlli qarordir. Muloqot punkti vazifasini esa «dafn xonasi» o‘taydi: kosmosdan kelayotgan signalni tushunish uchun unga kirib, maqbara deb o‘ylanayotgan toshli qutiga yotishning o‘zi kifoya. Ana shunda o‘zga sayyoradan yuborilayotgan «noma»larni xuddi shunday uzatkich yordamida qabul qilish mumkin. 

Aqlbovar qilmas gapga o‘xshaydi, to‘g‘rimi? Ammo kim bilsin, ehtimol, u haqdir. Balki, ayni damda ham ko‘hna «uchburchak mo‘jizalar» - piramidalar ichida Yer sayyorasidagi insonlar kabi boshqa zaminda ham hayot kechirayotgan ongli mavjudotlarning ovozi yangrayotgandir?..  

Nargiza Ibrohimova, 
«Ma’rifat» gazetasidan olindi. 

 
Категория: tarix | Просмотров: 2679 | Добавил: admin | Рейтинг: 1.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
-->
Новости сайта
[25.04.2015][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 5 сезон ) ( 1 - 4 из 10 Серии ) (2015) TAS-IX (0)
[16.04.2015][Фантастика]
СТОЛ ЗАКАЗОВ. Фильмы по Вашему Заказу. (9)
[22.06.2014][Драма]
Игра престолов / Game of Thrones ( 4 сезон ) ( 1 - 10 из 10 Серии ) (2014) TAS-IX (2)
[18.06.2014][Комедия]
Салом Наташа / Salom Natasha (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Комедия]
Ажаб булибди / Ajab Bo'libdi (O'zbek Kino 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Годзилла / Godzilla (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Дом Хемингуэй / Dom Hemingway (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боевые псы / Battledogs (2013) TAS-IX (1)
[18.06.2014][Драма]
Девочка на велосипеде / Girl on a bicycle (2013) TAS-IX (3)
[18.06.2014][Драма]
Джо / Joe (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хоум Ран / Home Run (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Боец / A Fighting Man (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Отель «Гранд Будапешт» / The Grand Budapest Hotel (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Грань будущего. / Edge of Tomorrow. (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Полный хаос / Total Siyapaa (2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
13-й район: Кирпичные особняки / Brick Mansions (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
Хорошенькая / The Pretty One (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Детектив]
Замкнутая цепь / Closed Circuit (2013) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Боевик]
Малефисента / Maleficent (CAMRIP - 2014) TAS-IX (0)
[18.06.2014][Драма]
С двумя девушками / Iddarammayilatho (2013) TAS-IX (0)
облака тегов
Акио Ютсука Акихиро Мива Джейми Фокс Сергей Безруков Уилл Смит Эдриан Броуди Шэрон Стоун Алан Кинг Адам Голдберг Адриан Ленокс Жан Рено Софи Оконедо Джонни Депп Марион Котийяр Жерар Депардье Адам Лубарски Аль Пачино Кристофер Пламмер Рассел Кроу Брюс МакГилл James Pudderhall Аарон Крэвен Айэйн Белчер Kevin DeCristofano Wendy Ov сергей Катрина Кэйф Misti Mukherjee Namit Shah Raj Premi Rajan Verma Александр Яковлев Агния Дитковските Аарон Экхарт Аден Янг Ава Лондон Алекс Арлио Юэн МакГрегор Адам Чанлер-Берат Агос Виджайя Соджарво Marie Hammer Boda Michael Brostrup Nynne Bojsen Джеймс Вудс Nokuthula Ledwaba Sifiso Sihlang Оливье Мартинес адам Carolyn Ratteray Alex Mayzlin Gary L. Taggart Аида Тулебаева Алекс Галпер Орландо Блум Бенедикт Камбербэтч Киану Ривз Кристиан Бэйл Келлан Латс Джон Бернтал Алан Аркин Адриан Мартинес Айзая Мустафа Адам Скотт Стив Карелл Уиллем Дефо Александр Ревва Гарик Харламов Кристина Асмус Hye-eun Kim Kang Min Kyung Sang-hoon Choi джеки чан Rock n Heim System Of A Down The 2013 Billboard Music Awards Джей Барушель Джеймс Франко Сэмюэл Л. Джексон Микки Рурк Скарлетт Йоханссон Бен Кингсли Гвинет Пэлтроу Роберт Дауни мл. Уильям Сэдлер Августин Фриззелл Beyonce - I Am World Tour 2010 Frank Michael Pretzel Айс Кьюб А Ин Пак Christopher Jordan Lee Shawn Robidoux 8 серия Game of Thrones 4 Айзек Хэмпстед-Рай Дмитрий Нагиев Дмитрий Назаров гари олдман Грэм Грин Ажаруддин Мохаммед Абхишек Баччан Адитья Панчоли Айшвария Рай Адити Рао Хидари Акшай Кумар Адитья Шривастав Arush Bhiwandiwala Deven Bhojani Inaamulhaq Kanika Tiwari Madhurjeet Sarghi Hitanshu Lodhia Jeetpal Sachin Karekar Адиль Хуссэйн Аджит Вачани Абхай Деол Адитья Рой Капур Аакрути Kummy Dhillon Аамир Кхан Авни Васа Roohi Berde Азиф Ахмед Автар Гилл DILOROM MIRZAEVA. Nargiza Salmonova UMID ISKANDAROV Avaz Qodirov Dilya Urunova Durdona Mo'minova Sa'ida Rametova Armando Baudin David Allen Gabriel Abreu Richard Anderson Лоренс Фишбёрн Айра Хейден Дима Билан The Stig Адитья Сидху Александр Головин Аза Erdem Ergney Kerem Firtina Mustafa Sevki Dogan Osman Sinav Кэти Кэссиди Адриан Шиллер Арарат Кещян Мария Кожевникова Аделин О’Эрми Джессика Лукас Адити Шарма Chien-lien Wu Kam-Kong Wong Брюс Уиллис Адевале Акинойе-Агбаже Брайан Кокс Джоан Аллен Карл Урбан Кори Джонсон Эдвард Нортон Хьюго Уивинг Хэролд Перрино Талиса Сото Джеймс Римар Алекс Паунович Каспер Ван Дин Элайджа Вуд Шон Бин Энди Серкис Chen-yu Chang Hsiao-lung Shi Jen-Kuei Hui Wen-kuei Hui Yu-yen Huang Кристофер Ллойд Элизабет Шу але джим керри Эрик Робертс Аким Шир Алан Тьюдик jahongir poziljonov Sanjar Shodiev Sobir Otajonov Tolib Mo'minov Jumadilla Rametov Muhammadiso Abdulhayirov Saida Rametova Shukrullo Isroilov Tolib Mo’minov Zarina Nizomiddinova Колин Фаррелл Шон Майкл Damien Amey Billy Choi Aziz Umurzoqov Begzod Allaniyazov Bobur Yo'ldoshev Doniyor Hapizov Go'zal Daliyeva Kupjursin Allanazarov Mirzagul Sapayeva Nargiza Allasheva Адам Саундерс ал Hojiboy Tojiboyev Mirza QVZ Handalak Арнольд Шварценеггер Celeste Henderson Kate Higgins Адитья Лакхия Pedro Duarte Barno Qodirova Muhammadali Abduqunduzov Muyassar Berdiqulova Nargiza Rahimova Saida Saidbekova Suhrob Xasanov Qah - Qaha Пол Уокер Вин Дизель джордана брюстер Мэтт Шульце Тайриз Гибсон Лудакрис Санг Кенг Дуэйн Джонсон Бонни Беделиа Алан Рикман Айми Гарсиа Дэнни Гловер Макс Райан Николас Кейдж Кэмерон Диаз Эдди Мерфи Антонио Бандерас Thomas Bonsang Алек Утгофф tas ix million Million Jamoasi 2014 qvz 2014 Kwang-Hee Hwang 30 серия Kaçak Айзиа Фредерикс Айлин Эткинс Alisher Uzoqov DAVRON ZAYNUDDINOV MUHAMMAD ISO ABDULHAIROV SHOXRUX ISMOILOV ABDUHAKIM TOSHTEMIROV DILNOZA UMIROVA ERKIN KOMILOV GULBAHOR YULDOSHEVA RANO BORONOVA RAYHON ULYASENOVA YOQUBJON AHMEDOV Сирша Ронан Michael Reinero tas-ix Qaytar Dunyo Uy bekasi Абдухаким Тоштемирова Ayse Melike Çerçi Kayhan Yildizoglu Levent Ökt Sang-uk Ju Annick Christiaens Paul GRANIER Rose Caprais Sweet Alibis Tsu-yun Lang Алек Су Адриана Угарте Алекс Гонсалес Аарон Пол Kyal Rankine Marley Smith Аида Туртурро RZA Аиша Исса Джуд Лоу Адам Бич Johnny Baker Адж Уилсон МакФол Адриэн Мишлер Afrim Gjonbalaj Аарон Тейлор-Джонсон kino o/zbek uzbek Ajab Bo'libdi Salom Natasha 5 сезон Game of Thrones
статистикастатистика